Kontent qismiga oʻtish

Son suyagi bo'ynining varusli deformatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Son suyagi bo'ynining varusli deformatsiyasi — Boʻyin-diafiz burchagi odatda 125-127°ga teng boʻladi[1]. Varusli deformatsiyada bu burchak 45° gacha kamayadi.

Bu son suyagi boshchasining epifizar oʻsish zonasidagi rivojlanish nuqsoni bilan bogʻliq. Kasallik bola yura boshlaganidan keyin, koʻprok qizlarda aniqlanadi. Tug'ma varusli deformatsiya orttirilgan varusli deformatsiyaga qaraganda kam uchraydi. Orttirilgan varusli deformatsiya jaroxatdan, raxit, osteoxondropatiya, yalligʻlanish jarayonlarida, endokrin kasalliklar va boshqalar oqibatida kelib chikadi. Orttirilgan varusli deformatsiyada boʻyin-diafiz burchagi 80-90°ga teng boʻladi[2].

Kasallik «oʻrdak yurish», bel lordozi, Trendelenburgning musbat simptomi[3], chanoq-son boʻgʻimida oyoq kerilishining cheklanishi va buralishi bilan namoyon boʻladi. Lekin son suyagi boshchasining tug'ma chiqishidan farqi shuki, paypaslaganda son suyagi boshchasi son uchburchagida qoʻlga seziladi.

Qoida boʻyicha jarroxlik yoʻli bilan davolanadi. Operatsiya son boʻyinchasida teshilgan kanalga to boshchasiga qadar suyak shtifi oʻtkazish va ko'ks osti osteotomiyasi qilishdan iborat[4][5]. Son suyagi boʻyinchasining valgusli deformatsiyasi tug'ma boʻlishi, shuningdek poliomiyelit va raxit kasalliklari tufayli rivojlanishi mumkin. U klinik jixatdan unchalik ahamiyatga ega emas.

Operatsiyadan keyin Trendelenburg simptomi yoʻqolib, bemorlarning oqsashi toʻxtaydi. Son suyagi boshchasi deformatsiyasidan bemorlar davolangandan keyin dispanser nazoratida boʻlishi kerak. Shuni aytish kerakki, jinsiy balog'atga yetish davrida son suyagi boshchasining chala chiqishi oʻzining klinik koʻrinishlari bilan bir necha yildan soʻng rivojlanishi mumkin. Butun nazorat muddati davrida davolovchi badantarbiya mashqlari va suvda suzish tavsiya etiladi.

  • Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г.С
  • Шаповалов В.М., Грицанов А.И., Ерохов А.Н. (ред.) Травматология и ортопедия