Kontent qismiga oʻtish

Sopolimerlanish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sopolimerlanish - 2 yoki undan ortiq turli monomerlar ishtirokidagi polimerlanish. Mas, butadiyenni stirol bilan, vinilxloridni vinilatsetat va malein angidrid bilan polimerlanishi S.ga misol boʻla oladi. S. xossalari (modifikatsiyalari) yoʻnaltirilgan oʻzgarishli, shuningdek, yangi xossalarga ega boʻlgan polimerlar olishda qoʻllanadi, maʼlum monomerlar asosida olingan polimer materiallar turini yanada koʻpaytirishga imkon beradi.