Kontent qismiga oʻtish

Sotim Nurmetov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sotim Nurmetov
Tavalludi 1925-yil 15-iyun
Xiva
Vafoti 1994-yil 4-avgust
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Xizmatdagi yillari 1943-1945
Unvoni
Lavozimi Boʻlim boshligʻi
Jang/urush ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni

Sotim Nurmetov (1924.15.6, Xiva – 1994.4.8, Urganch) – Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiyachi serjant. 1943-yildan armiya safida. 51-alohida gvardiyami sapyorlar bataloni (2-Belorussiya fronti 43-armiyaning 13-gvardiyachi oʻqchi korpusi)ning boʻlinma komandiri. Kenigsberg (hozirgi Kaliningrad) shahri uchun olib borilgan janglarda (1945-yil 7-aprel) jasorat koʻrsatgan. 1945-yil 19-aprel Qahramon unvonini olgan. Urushdan soʻng Urganch shahrida xoʻjalik ishlarida mehnat qilgan[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1925-yil 15-iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida ishchi oilasida tugʻilgan, oʻzbek. 1947-yildan KPSS aʼzosi. U elektrchi boʻlib ishlagan[2].

Ikkinchi jahon urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

15 yoshga ham yetmasdan Ashxobod shahri yaqinidagi serjantlar tayyorlash bilim yurtida Qoraqum-Nebit yaqinidagi harbiy poligonlarda tajriba orttirdi[3]. 1943-yil fevraldan Qizil Armiya safiga chaqiriladi. Shu vaqtdan boshlab frontda xizmat qilgan.

51-alohida gvardiya sapyorlar bataloni (2-Belorussiya fronti 43-armiyaning 13-gvardiyachi oʻqchi korpusi)ning komandiri. Butunittifoq Kommunistik partiyasi (bolsheviklar) aʼzoligiga nomzod. Serjant Sotim Nurmetov Königsberg shahri uchun janglarda qatnashgan. 1945-yil 7-aprelda Königsberg (hozirgi Kaliningrad) hujum guruhining bir qismi sifatida toʻrtta sapyor bilan dushmanning artilleriya pozitsiyalarini orqa tomondan chetlab oʻtib hujum qilgan. Guruh yigirma beshta natsistni asirga oldi, dushmanning qolgan qo'shinlari koʻp sonli snaryad va qurollarni tashlab, chekinishgan. Biroz vaqt oʻtgach, dushman tashlab ketgan qurollarni qaytarib olish uchun shiddatli qarshi hujumga oʻtdi. Askarlar jasorat va qatʼiyat bilan oʻzlarini himoya qildilar. Patronlar tugagach, Nurmetov askarlarga nemislar tashlab ketgan qurollardan foydalanishni buyurdi. Qattiq qarshilik natijasida fashistlarning barcha qarshi hujumlari qaytarildi va sovet boʻlinmalari yetib kelguniga qadar otishma pozitsiyalari ushlab turildi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 19-apreldagi farmoniga binoan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani uchun gvardiya serjanti Nurmetov Sotimning jasorati va qahramonligi munosib mukofotlanib, Lenin ordeni va Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan (7271-son)[4].

Urushdan keyingi yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotim Nurmetov urushdan keyin demobilizatsiya qilinib, Oʻzbekistonga qaytib keldi. 1950-yilda Oliy partiya maktabini tamomlagan. Xorazm viloyati Urganch shahrida yashagan. Urganchda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish tadbirkorligi bilan shug‘ullangan[5]. 1994-yil 4-avgustda vafot etgan.