Soumaya Akaaboune
Soumaya Akaaboune | |
---|---|
Tavalludi |
1974-yil 16-fevral |
Fuqaroligi | Marokash |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 1987-yildan hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi | Peter Rodger |
Bolalari | 1 |
Soumaya Akaaboune (arabcha: سومية 1974-yil 16-fevralda tug‘ilgan) Marokash akrtrisasi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Akaaboune Marokashning Tanjer shahrida tug‘ilib o‘sgan. Onasi stilist va liboslar dizayneri, otasi esa san’at ishqibozi. Akaaboune bolalik uyini rassomlar va yordamga muhtojlar uchun boshpana sifatida ta’riflagan. 14 yoshida Akaaboune xoreograf Maurice Béjart tomonidan e’tiboriga tushdi va u Akaabouneni o‘zining raqs truppasiga qo‘shilishga taklif qildi. Akaaboune kuniga sakkiz soat mashq qildi, bu davr uning hayotidagi eng baxtli davr edi[1]. Akaaboune Yevropa bo‘ylab gastrollarda bo‘lib Parijda, keyin Ispaniya va Londonda raqqosalik qildi. Londonda bo‘lganida teatrga e’tiborini qaratdi va bir nechta musiqiy filmlarda ishtirok etdi. Akkaboun 1989-yilda raqs karerasini yakunladi[2]. Londonda Akaaboune Sandra Bernhard bilan uchrashdi, Sandra Akkabounni o‘zining „Up All Night“ shousiga va keyinchalik Brodveydagi „I am Still Here...Damn It“ shousiga chiqish qilishga taklif qildi[3].
Akaaboune Loft studiyasida aktyorlik bilan shug‘ullangan. 2010-yilda „Yashil zona filmida“ Mett Deymon bilan rol o‘ynadi[3]. Akaaboune 2012-yilda „Omon qolish uchun o‘ynash“ romantik komediyasida va 2013-yilda „Sevgi“ filmida rol o‘ynagan. Akkauboune 2013-yilda " Les Vraies Housewives " fransuz shousida suratga tushgan beshta uy bekalaridan biri edi[4]. 2015 va 2016-yillar oralig‘ida Akaaboune rejissyor Yassine Ferhanne tomonidan suratga olingan mashhur „Wadii“ serialida Fettouma rolini ijro etgan. Uning qahramoni adolatsizlikni qabul qilishni rad etadigan burjua ayol bo‘lib, seriyaning har bir qismi 7 million marta ko‘rilgan[3]. 2019-yilda "The Spy" teleserialida Marsel rolini ijro etgan[5].
Akaaboune 1999-yilda kino prodyuseri Piter Rodjer bilan uchrashgan. Keyinchalik Akaaboune Piter bilan turmush qurib va Jazz ismli o‘g‘il ko‘rishgan. Akaaboune 2014-yilgi Isla Vista qotilliklarini sodir etgan Elliot Rodjerning o‘gay onasi edi[6]. Elliot Rodjer bilan Akaaboune o‘rtasida keskin munosabatlar mavjud bo‘lib, Elliot Rodjer Akaabouneni ham o‘ldirishni rejalashtirgan edi. 2014-yil oxirida Akaaboune Marokashga qaytib keldi[7]. Akaaboune fransuz, arab, ingliz va ispan tilida gaplashadi[8].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Filmi
- 1987-yil: Dernier été à Tanger
- 1999-yil: Moroccan Chronicles
- 1999-yil: Esther
- 2010-yil: When the Voices Fade (short film): Leila
- 2010-yil: Green Zone: Sanaa
- 2012-yil: Playing for Keeps: Aracelli
- 2013-yil: Lovelace
- 2013-yil: Djinn
- 2017-yil: Catch the Wind: Madame Saïni
- 2017-yil: Looking for Oum Kulthum
- Teleseriallari
- 2013-yil: Les Vraies Housewives
- 2015–2016-yil: Waadi: Fettouma
- 2017–2018-yil: Rdat L'walida: Faty Kenani
- 2019-yil: EZZAIMA
- 2019-yil: The Spy: Marcelle
- 2020-yil: Bab Al Bahar: Zineb
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Soumaya Akaaboune“ (French). Visage du Maroc. 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ „Soumaya Akaaboune Actress“. Harcourt Paris. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Un thé avec Soumaya Akaaboune“ (French). Les Eco (2016-yil 8-iyul). 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ „Claude's Corner: Meet The Ladies Of Les Vraies Housewives!“. iReal Housewives. Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ Davies, Alex. „The Spy on Netflix ending explained: What happened at the end?“. Daily Express (2019-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ Idato, Michael. „Alleged gunman Elliot Rodger, 22, lived a life of privilege“. Sydney Morning Herald (2014-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ Allen, Nick. „'Virgin killer' Elliot Rodger planned to murder his family“. The Daily Telegraph (2014-yil 27-may). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.
- ↑ Guisser, Salima. „Soumaya Akaaboune : Un prochain personnage dans un autre style“ (French). Aujourdhui Le Maroc (2015-yil 9-avgust). Qaraldi: 2020-yil 14-noyabr.