Kontent qismiga oʻtish

Sovitish texnikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sovitish texnikasi - texnikaning sunʼiy ravishda past (+10 dan — 150° gacha) temperatura olish va undan foydalanish bilan shugʻullanadigan sohasi. Bundan past temperaturalarga doir masalalar bilan kriogen texnishei shugʻullanadi. Past temperatura sovitish mashinasi yoki sovituvchi moddalar (mas, muz, sunʼiy muz, suyuk, azot) yordamida hosil qilinadi. Sovitish texnikasidan xalq xoʻjaligining deyarli barcha sohalarida foydalaniladi. Oziqovqat sanoatida uyroʻzgʻor, magazinlar, lab.lar va boshqa joylarda tez buziladigan mahsulotlar sovitkichda sovitiladi, muzlatkichda muzlatiladi va saqlanadi. Tez buziladigan mahsulotlar sovitkichli transportda tashiladi. Kime sanoatida tuzlarni kristallash, gazlarni suyultirish, azot, vodorod, kislorod ajratib olish va boshqa maqsadlarda sunʼiy sovukdan foydalaniladi. Qurilishda su v oʻtkazmaydigan va mustahkam qilish uchun St. yordamida grunt (yer) muzlatiladi, mashi nasozlikda presslanadigan detallar sovitiladi, poʻlatga termik ishlov beriladi va hokazo. Jamoat, i.ch. va turar joy binolarida havoni sovitib yoki isitib va quritib (moʻʼtadillashtirib) beradigan qurilma — konditsioneram ham sovitkich ishlatiladi.