Kontent qismiga oʻtish

Sovkele

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


qoraqalpoq sovkelesi

Sovkele-qoraqalpoq xalqida bir paytlar XIX asrda badavlat qabila zodagonlarining qizlari nikoh marosimida kiyib yurgan. Marjon va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ajoyib tantanali bosh kiyim.

Ulardan toʻliq foydalanish XX asrning boshlarida toʻxtatilgan. Lekin, hozirda ayrim xonadonlarning qiz uzatish toʻy marosimlarida uchratish mumkin. Bugungi kunda sovkelelar Nukus va Sankt-Peterburg muzeylarida yettitadan koʻp emas. Sovkele toʻbelik bilan bogʻliq boʻlib, tojga oʻxshash silindrsimon metall bosh kiyim. Zarhal va zargarlik buyimlari bilan bezatiladi. Baʼzi hollarda bu qoʻshimcha bezak uchun sovkele peshona qismiga oʻrnatilgan boʻlishi mumkin. Boshqa hollarda, u toʻy tugagunga qadar uzatilayotgan qizning dugonalari tomonidan qoraqalpoq xalq qoʻshigʻi singsuv aytib kiydirilishi boʻlishi mumkin. Sovkeledan, asosan, Orol dengizi qirgʻoqlari va deltasining shimoliy qismida yashovchi Qoʻngʻirot qoraqalpoqlari foydalangan. Ular ayniqsa, Qusxanatov balandligidan shimolda joylashgan kichik markaziy mintaqadagi, Amudaryo sohillaridan sharqqa Zayir va Porlitov (Medeli) oraligʻidagi, Oq qal’adan janubda joylashgan sobiq „qoraqalpoq“ sovxozi va shimoldan Orol dengizining janubiy qirgʻogʻi boʻylab joylashgan hududlargacha choʻzilgan aholi orasida mashhur boʻlgan.

sovkele va tobelik qoraqalpoq zargarlik va oʻymakorlik sanʼatining choʻqqisini ifodalagan bosh kiyimlari sanaladi.qoraqalpoqcha „zergerlik“ (yoki turkcha „zergerami“) soʻzi fors tilidagi oltin maʼnosini bildiruvchi „zar“ degan soʻzdan kelib chiqib, oʻzbekchadagi „zargarlik“ maʼnosini anglatadi. Bu oʻz qoida yoki anʼanalari bilan boshqariladigan, oʻgʻillariga otalari tomonidan oʻrgatilib kelinayotgan ustoz-shogird tizimiga asoslangan juda konservativ erkaklar hunari boʻlib hisoblanadi. Shogird oʻz hunarining anʼanalarini oʻzlashtirgan koʻp yillik mehnati natiyjasida oʻzining piri (bir guruh hunarmandlarni himoya qilgan alohida ruh) yoki oʻqituvchisi roziligi bilangina zargar boʻlishi mumkin. XIX asrda deyarli harbir yirik qishloqlarning oʻz zargarlari boʻlgan, ammo qoraqalpoq zargarlik buyimlarin ishlab chiqarishning asosiy markazlari Chimboy, Qoʻngʻirot, Xalqabod va Xoʻjaylida boʻlgan. Garchi baʼzi zargarlar oʻz kasblari orqali koʻp mablagʻ toʻplagan boʻlsa ham, bu hunar juda kam ijtimoiy mavqega ega boʻlgan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu bosh kiyim nomining qoraqalpoqcha: „saʼvkele“, qozoqcha: „sәoʻkele“ va ruscha talaffuzi esa „saukele“. Shuning uchun ham, rus akademigi M. S. Andreev saʼvkele soʻziga murojat etganida, u qoʻshma shaklga ega boʻlib, turkiy emas, balki qadimgi Eron tildan kelib chiqqan boʻlib, podshoh, shoh, shapka yoki bosh soʻzlaridan kelib chiqqan deb taʼkidlaydi. Uning aytishicha, qoraqalpoq yoki qozoq kabi turkiy qipchoq tillarida bu soʻz fonetik jihatdan oʻzgarib, „sh“ yoki „s“ bilan talaffuz qilinishiga qarab shevkele yoki saʼwkele deb talaffuz qilinadi. Kulox soʻzi butun Markaziy Osiyoda oʻrta asrlardan boshlab erkak va ayol bosh kiyimlariga nisbatan qoʻllanadi. Muqobil talqin hisoblangan „sav“ soʻzi turkiy tilda salomatlik va baxt, qozoq tilida esa quyosh yoki goʻzal maʼnolariga asoslangan. qoraqalpoq tilida „savle“ soʻzi nur, yuz (odamning) degan maʼnolarni anglatadi. Lekin, soʻzning haqiqiy etimologiyasini koʻrsatadigan ilimiy dalillar yoʻq.

Struktura va dizayni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oddiy sovkele uchta asosiy boʻlimdan tuzilgan:

  • Baland gumbazli qalpoq yoki dubulgʻa, tumaq (ruscha „manjet“) boʻlimi
  • Marjon toshlar bilan qoplangan peshona boʻlimi bilan tutashgan quloqchinlari
  • Turli yuqori va pastki qismlardan iborat boʻlgan munchoqlar bilan qalqonsimon tarzda toʻqilgan boʻyin boʻlimi

Quloqchinni tashkil etuvchi boʻlim bir qator marjon va feruza toshlardan iborat