Kontent qismiga oʻtish

Sovotobod

Koordinatalari: 40°17′15.869″N 68°58′28.32″E / 40.28774139°N 68.9745333°E / 40.28774139; 68.9745333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sovotobod
ruscha: Совотобод
Qishloq
40°17′15.869″N 68°58′28.32″E / 40.28774139°N 68.9745333°E / 40.28774139; 68.9745333
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo viloyati
tuman Boyovut tumani
Maydon 4.69 km2 (1.81 kv mi)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sovotobod ruscha: Совотобод xaritada
Sovotobod ruscha: Совотобод
Sovotobod
ruscha: Совотобод
Sovotobod ruscha: Совотобод xaritada
Sovotobod ruscha: Совотобод
Sovotobod
ruscha: Совотобод

Sovotobod (ruscha: Совотобод) – Oʻzbekiston Respublikasi Sirdaryo viloyati Boyovut tumani tarkibiga kiruvchi qishloq[1][2].

Sovotobod qishlogʻida 1 ta maktab bor (38-maktab)[3]. Shuningdek, qishloqda 2 ta xususiy bogʻcha bor. Qishloqda 1 ta Qishloq oilaviy poliklinikasi aholiga xizmat qiladi.

Asosan paxta va gʻalla ekiladi. Qishloq aholisi tomonidan oʻz tomorqalarida kartoshka, piyoz, makkajoʻxori, kungaboqar pistasi, mosh, loviya va beda kabi madaniy oʻsimlik turlari koʻp ekiladi. Issiqxonalarda yetishtirilgan pomidor va bodring ekinlari bozor rastalariga chiqariladi. Qoramolchilik, qoʻychilik va parrandachilik ham yaxshi rivojlangan. Pillachilik ham ancha yaxshi rivojlangan.

Qishloqdan Janubiy Mirzacho'l kanali oqib oʻtgan. Hududda chiyaboʻri, tipratikan, tulki va dala sichqoni kabi yovvoyi hayvonlar uchraydi.