Soya teatri
Soya teatri — oʻzbek xalq qoʻgʻirchoq teatrining turi. Xitoy 1700-yil oldin vizual sanʼatning shakli — soya teatri tugʻildi. Navoiyning "Hayratulabror" dostonida berilgan va boshqa maʼlumotlarga Karaganda, soyalar teatri XIV—XVI asrlarda yaxshi taraqqiy etgan. Qoʻgʻirchoklar charm yoki taxtadan yassi qilib ishlangan, kiyimkechaklari tikish va rang bilan belgilangan. Qoʻgʻirchoklar dastchoʻplarga oʻrnatilgan. Dastchoʻplarni harakatlantirish va ularning boʻgʻinlariga bogʻlangan iplarini tortish orqali ular jonlangan. Tomoshalar kechqurun va tunda bino ichida koʻrsatilgan. Ular yupqa oq parda ortida, unga juda yaqin masofada (5—7 sm) harakatlantirilgan. Qoʻgʻirchoklarning ortidan shaʼm oʻrnatilgan yoki zigʻir yogʻi quyilgan bir necha fonuslar yoritib turgan. Natijada qoʻgʻirchoqlarning aksi pardaga tushgan. Soya teatri tomoshalarida qahramonlik dostonlarining syujetlari aks ettirilgan va u koʻpincha saroylarda koʻrsatilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qodirov M., Xalq qoʻgʻirchoq teatri, T., 1972.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |