Spaanse water
Spaanse Water | |
---|---|
12°4′2.28″N 68°51′0.36″W / 12.0673000°N 68.8501000°W | |
Mamlakat | Niderlandiya |
Orol | Curaçao |
Tuman | Bandariba |
Maydon | 20.98 km2 (8.10 kv mi) |
Aholisi (2011) |
3,119 |
|
Spaanse Water – Curacao orolida joylashgan shaharcha. U Nieuwpoort sayyohlik kurortini,[1] Santa Barbara qishlogʻini, [2] va Tafelberglarni oʻz ichiga oladi[2]. Spaanse Water – Willemstadning sharqida joylashgan tabiiy bandargoh ham hisoblanadi[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Spaanse Water strategik jihat muhim joy boʻlgan. 1703-yilda Caracas koʻrfazida tabiiy portni va Willemstadning orqa yoʻlini himoya qilish uchun Fort Beekenburg qurilgan[4]. Qal’a oʻsha paytda Curacao direktori boʻlib ishlagan Nikolaas van Beek tomonidan qurilgan[5]. U bir necha bor fransuzlar, inglizlar va qaroqchilarning hujumiga uchragan, ammo hech qachon zabt etilmagan[6] . Qal’a Royal Dutch Shell kompaniyasiga tegishli boʻlgan. 2005-yildan to hozirgi vaqtcha u hamma uchun ochiq hisoblanadi[4].
Santa Barbara 1662-yilda tashkil etilgan plantatsiya boʻlib, oroldagi eng qadimgi va eng katta plantatsiyalardan biri hisoblanadi. Bu unchalik katta foyda keltimagan[2] va 1875-yilning yanvarida sotib yuborilgan. Keyinchalik plantatsiya 1875-yilning may oyida Jon Goddenga qayta sotiladi, u yerda katta hajmdagi fosfat konini ishga tushiriladi[7] .1915-yilda bu yerga kalsiy koni ham qoʻshiladi[2]. Konlar hali ham faol va kompaniya kon zahiralar 2045-yilgacha tugamasligini taxmin qilgan[8] . 1927-yilda Royal Dutch Shell Spaanse Waterda neft terminalini quradi. 2005-yilda ushbu terminal yopiladi[6]
XX asr oxirida Spaanse Water sayyohllar uchun joyga aylantiriladi. Ular uchun Nieuwpoort[1], Jan Thiel va Santa Barbara Beach & Golf kurortlari tashkil etiladi[9].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Nieuwpoort“ (nl). TUI. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Buurtprofiel Spaanse Water 2011.
- ↑ „Spaanse Water“ (nl). 2022-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 „Fort Beekenburg“ (nl). Columbus Magazine. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ „Kiekje uit de West“ (nl). Haagsche courant (1933-yil 27-iyul). Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 „Fort Beekenburg“ (nl). Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ Benjamins, Herman Daniël. Encyclopaedie van Nederlandsch West-Indië (nl). Leiden: Martinus Nijhoff Publishers, 1917 — 560-bet. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ „Fuik Beach“ (nl). Beautiful Curacao. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ „Spaanse Water Jan Thiel“ (nl). 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.