Kontent qismiga oʻtish

Spektrofobiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spektrofobiya (lotin tilidan olingan: spectrum, narsaning koʻrinishi, shakli, tasviri; spektr) yoki katoptrofobiya (yunoncha κάτοπτρον kátoptron, „oyna“) — oʻziga xos gʻayritabiiy va noodatiy fobiyalardan biri. Asosan, koʻzgulardan va ularda aksini koʻrishdan qoʻrqish[1]. Bu baʼzan arvohlar yoki oʻliklardan qoʻrqish bilan bogʻliq. 

Bu fobiya eyzotrofobiyadan yaʼni oʻzini aks ettirishdan qoʻrqishdan farq qiladi. Spektrofobiya bilan ogʻrigan odamlar koʻzgu sinishidan qoʻrqishlari mumkin, bu esa omadsizlikka olib keladi deb tashvishlanishadi.  Ular toʻgʻridan-toʻgʻri koʻzguga qaraganlarida, qoʻrqinchli narsa koʻzgudan sakrab tushish yoki uning ichida oʻz aksi yonidagi bezovta qiluvchi narsani koʻrishdan qoʻrqishlari mumkin.  Boshqalar esa bu gʻayritabiiy dunyo bilan bogʻlanish yoki boshqa dunyoga kirish eshigi deb hisoblashi, qandaydir gʻayritabiiy kuch tomonidan oynaga tortilishidan qoʻrqishlari mumkin.  Baʼzilar zulmatdagi oʻz akslaridan ham qoʻrqishadi, chunki u gʻalati tarzda buzilgan koʻrinishi yoki aksi ularni qoʻrqitishi mumkin. 

  1. Ferenczi, Sandor. Further Contributions to the Theory and Technique of Psycho-Analysis (inglizcha). Karnac Books, 1994. ISBN 9781855750869. Qaraldi: 2019-yil 28-avgust.