Kontent qismiga oʻtish

Spektrogeliograf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spektrogeliograf (spektr va geliograf) — biror kimyoviy element (koʻpincha, vodorod — N yoki kalsiy — Sa) ning nurlanishiga mos spektr sohasi nurlarida Quyosh gardishi (yorugʻlikning quyosh gardishi boʻylab taqsimlanishi) ni suratga olishga imkon beradigan astronomik qurilma. S.da fotoplastinka Kuyosh spektrining istalgan sohasidagi qisqa oraliqni ajratib oladigan ikkinchi chiqish tirkishi orqasiga joylashtiriladi. Sni Quyosh tasviri va fotoplyonkaga nisbatan harakatlantirish yoʻli bilan Kuyosh gardishining fotosuratini olish mumkin. Baʼzi teleskoplarga ayni vaqtda har xil spektral chiziqlarda Quyosh gardishining ikki tasvirini olishga imkon beradigan kush S. oʻrnatiladi. Kosmik tadqiqotlarning rivojlanib ketganligi munosabati bilan raketalar va Yer sunʼiy yoʻldoshlariga ham S. oʻrnatiladi. Bundan maqsad ultrabinafsha va rentgen nurlarida spektrogeliogrammalar olishda, Quyoshni har jixatdan urganihda S.ning ahamiyati katta.