Kontent qismiga oʻtish

Spermatogoniylar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spermatogoniylar (sperma va yun. gonos — tugʻilish, urugʻ, nayel) — spermatogenezning 1davridagi gaploid urugʻ hujayralar. Urugʻ naylari devoridagi ixtisoslashmagan birlamchi jinsiy yoki urugʻdonning berk uchidagi maxsus hujayralardan rivojlanadi. S.da intensiv mitoz boʻlinish boradi. Mitoz soni tur uchun xos boʻlib, 3 dan 6 martagacha sodir boʻladi. Sut emizuvchilar va ayrim b. hayvonlarda S.ning har xil tuzilishga ega boʻlgan 2—4 tipi maʼlum. Spermatogenezning 2davrida S. 1tartib spermatotsitlarni hosil qiladi.