Kontent qismiga oʻtish

Spermatozoid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Spermatozoid va Tuxumhujayra
Spermatozoid sxemasi

Spermatozoid (sperma va yun. zoon — tirik organizm va eidos — koʻrinish) — odam, hayvon va koʻpchilik oʻsimliklarning erkaklik jinsiy hujayrasi. Odam va hayvonlarda urugʻdonda pushthujayrasi (spermatogoniylar)p,dm hosil boʻladi. Spermatozoidning boshchasi, boʻyni, tanasi va dumi boʻladi. Odam va koʻpgina umurtqasiz hamda umurtqali hayvonlar Si xivchinli yoki dumli boʻlib, ular yordamida harakat qiladi. Baʼzi chuvalchanglar, mingoyoqlar, qisqichbaqasimonlar va kanalar Si dumsiz va turli shaklda, amyobasimon harakatlanadi. S. uzunligi bir necha oʻn mkm dan yuzlab mkm gacha, hasharotlarda bir necha mm. Gistokimyoviy usullar yordamvda S. tanasida oksidlanishqaytarilish fermentlari, glikogen, fosfolipidlar va ATF borligi aniklangan. Bu hol S. tanasi energiya manbai ekanligidan dalolat beradi. Muhit temperaturasi, osmotik bosimi, kislotaliligining oʻzgarib turishi S. funksiyasining buzilishi va tezda gʻalok boʻlishiga olib keladi. S. miqdorining kamayishi (oligozoospermiya) koʻpincha bepushtlikka sabab boʻlishi mumkin.

Oʻsimliklarda harakatchan S. (anterozoid)lar anteridiylarda hosil boʻladi. Koʻpchilik urugʻli oʻsimliklar Sixivchinsiz, faol harakatlanmaydi; ular spermiylar deb ataladi. Yashil va qoʻngʻir suvoʻtlar, ayrim tuban zamburugʻlar, yoʻsinlar, qirqquloqlar, qirqboʻgʻimlar, plaunlar, sagovniklar va ginkgo Spermatozoidining 2 va undan koʻproq xivchini boʻladi. Spermatozoidlar sellyuloza qobigʻining boʻlmasligi, koʻpincha mayda (ayrim sagovniklarda yirik) boʻlishi bilan oʻsimliklarning boshqa hujayralaridan farq qiladi.