Kontent qismiga oʻtish

Spinor hisobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spinor hisobi - matematikaning maxsus tabiatli miqdorlar — spinorlar xossalarini oʻrganuvchi boʻlimi. Spinor komponentlari vektor, tenzor va boshqa tushunchalar kabi koordinatalar tizimi oʻzgartirilganda maʼlum qonunga boʻysunadi. Masalan, koordinatalar tizimi biror toʻgʻri chiziq atrofida 2l ga burilsa, spinorning barcha komponentlari ishorasi oʻzgaradi.

Spinor tushunchasini 1913-yilda fransuz olimi E. Kartan guruxdarni tasvirlash nazariyasiga oid tadqiqotlarida kiritgan. 1929-yilda nemis matematigi B. V. Varden elektronning spin hodisasini oʻrganishda bu tushunchalarni mustaqil kashf etib, "spinor" atamasini kiritgan. Spinor hisobi da kovariant va kontrvariant spinorlar, spinorlar ustida amallar, valentlik va boshqa tushunchalar tekshiriladi.

Spinor hisobi kvant mexanika, kimyoviy valentlik nazariyasi, Riman geometriyasi va boshqa sohalarda qoʻllanadi.