Kontent qismiga oʻtish

Spiroxetalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spiroxetalar (Spirochaetalos) -bakteriyalar tartibi. Hujayrasining diametri 0,2—10,0, uz. 5—500 mkm, spiral buralgan protoplazmatik silindr va uning devoridan iborat. Sirtdan koʻp qavatli qobiq, yaʼni qin bilan oʻralgan. Silindr bilan qin oʻrtasida bitta yoki bir necha fibrillalar joylashgan. Fibrillalar silindrning 2 uchiga birikkan, oʻrta qismi erkin. Ularning tarkibi va tuzilishi bakteriyalarning xivchinlariga oʻxshash boʻlganidan suzish vazifasini bajarishi mumkin. S. boʻlinish orqali koʻpayadi. Grammanfiy, spora hosil qilmaydi; fakultativ aerob yoki anaerob. 1 oilasi, 8 tartibi maʼlum. Koʻpchilik turlari erkin yashovchi saprofitlar; bir kancha turlari mollyuskalar va termitlarga kommensal yoki hayvonlar va odamda parazitlik qiladi (zaxm, leptospiroz va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatadi).