Kontent qismiga oʻtish

Spiroxetozlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Spiroxetozlar — odam va hayvonlarda patogen spiroxetalar koʻzgʻatadigan, epidemiologiyasi va klinik koʻrinishi har xil infeksion kasalliklar guruhi. Spiroxetalar uzun yoki kiska spirallardan iborat boʻlib, 60° gacha qizdirilganda darxol oʻladi, dezinfeksiyalovchi vositalar va bir kancha dori preparatlari ularga tez taʼsir etadi. S. hamma joyda uchraydi, ularning koʻpchiligi yaxshi oʻrganilmagan. Ichak Si (leptospirozlar), bit yoki kana orqali yuqadigan qonli S. (qaytalama terlama), jinsiy yoʻl bilan yuqadigan S. (zaxm) va tropik mintaqa mamlakatlari S. i (frambeziya, bejel, pinta) yaxshi oʻrganilgan. S.ga spiroxetalar va bakteriyalar assotsiatsiyasi keltirib chiqaradigan kasalliklar: Simanovskiy — Plaut — Vensan anginasi, yarali stomatit ham kiritiladi.

Koʻpchilik spiroxetozlarni davolashda baʼzi kimyoviy preparatlar va antibiotiklar yaxshi naf beradi. Davolash va profilaktika metodlari har bir xol uchun alohida belgilanadi.