Split
Qiyofa
Split — Xorvatiyadagi shahar. Adriatika dengizi sohilidagi port. Aholisi 190 ming kishi (1998). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Atrofidagi shaharlar bilan yirik sanoat tugunini tashkil qiladi. Kemasozlik, sement, kimyo, oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, GES mavjud. S.da Biologiyaokeanografiya ilmiy tadqiqot instituti, dengiz, arxeologiya va boshqa muzeylar, badiiy galereya bor. Turizm markazi va iqlim kurorti. Qad. Rim meʼmorligi — imperator Diokletian saroyi (taxminan 300 y.) va renessans meʼmorligi yodgorliklaridan ratusha, cherkovlar (11—16-asrlar) saqlangan. S. yakinida Salona antik shahar (mil. av. 2-asr — mil. 4-asr) krldiklari topilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |