Sport oʻyinlari
Sport oʻyinlari — musobaqalar turlari; uning asosida nishon (raqib darvozasi, maydonchasi va hokazo)ni sport anjomi (odatda, toʻp) bilan turli texnik va taktik usullar va vositalar yordamida egallash yotadi, belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkaziladi va maxsus koʻnikmalarni talab qiladi. Sport oʻyinlarida tabiiy harakatlar va jismoniy mashklar (yugurish, sakrash, uloqtirish va hokazo) kompleksi qoʻllanadi. Sport oʻyinlarining 3 asosiy turi bor: jamoaviy sport oʻyinlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol, xokkey, regbi, suv poloso va boshqalar), shaxsiy sport oʻyinlari (shashka, shaxmat va boshqalar) va shaxsiy hamda juftlik sport oʻyinlari (tennis, badminton). Katta jismoniy kuchni talab qiladigan sport oʻyinlari, odatda, faqat erkaklar oʻrtasida oʻtkazishga moʻljallanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |