Srđan Grahovac
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Srđan Grahovac | ||
Tavallud sanasi | 19-sentyabr 1992-yil | ||
Tavallud joyi | Banja Luka, Bosniya va Gersegovina | ||
Boʻyi | 1.82 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Çaykur Rizespor | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Borac Banja Luka | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009—2014 | Borac Banja Luka | 116 | (6) |
2014—2018 | Rapid Wien | 59 | (4) |
2017 | → Astana (Ijara) | 26 | (8) |
2018—2019 | Astana | 0 | (0) |
2018 | → Rijeka (Ijara) | 26 | (0) |
2019—2022 | Rapid Wien | 80 | (2) |
2022- | Çaykur Rizespor | 7 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2007—2008 | Bosniya va Gersegovina U17 | 6 | (1) |
2010 | Bosniya va Gersegovina U19 | 5 | (0) |
2011—2014 | Bosniya va Gersegovina U21 | 23 | (3) |
2016 | Bosniya and Gersegovina | 3 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 11-sentyabr uchun) |
Srđan Grahovac (talaffuzi: Sardjan Grahovas) (1992-yil 19-sentyabrda tugʻilgan) — bosniyalik professional futbolchi, TFF Birinchi liga klubi " Caykur Rizespor "da himoyakor yarim himoyachisi ampulasida oʻynaydi.
Grahovac oʻzining professional faoliyatini Borac Banja Luka jamosida boshlagan, 2014-yilda Rapid Wienga jamosiga qoʻshilgan. 2017-yilda u „Astana“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan va keyingi mavsum u jamoa bilan doimiy shartnoma imzolagan. Oʻsha yili u Rijeka jamosiga ijaraga berilgan. Grahovac 2019-yilda Rapid Wien jamosiga qaytgan. Uch yildan soʻng u "Caykur Rizespor "ga oʻtgan.
Bosniya va Gersegovina yoshlar terma jamoasi safida Grahovac 2016-yilda 3 ta oʻyin oʻtkazgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grahovac oʻzining tugʻilib oʻsgan shahrining Borak Banya Lukaning yoshlar akademiyasida tahsil olgan[1]. U 2009-yilning 1-avgustida 16 yoshida Laktashiga qarshi oʻyinda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[2], 2011-yil 27-fevralda u jamoasi bilan Shiroki Briyeg ustidan g‘alaba qozongan. Oʻyinda u o‘zining birinchi professional golini kiritgan[3].
Rapid Wien
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning iyun oyida Grahovac Avstriyaning „Rapid Wien“ jamoasiga nomaʼlum to‘lov evaziga o‘tgan[4]. U jamoadagi rasmiy debyutini 31-avgust kuni „Grödig“ga qarshi oʻtkazgan[5]. 2015-yilning 29-noyabrida u „Rapid Wien“ tarkibida o‘zining birinchi golini „Altach“ga qarshi o‘yinda kiritgan[6].
2016-yil iyun oyida u shartnomasini 2019-yil iyunigacha uzaytirgan[7].
Astana
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning mart oyida Grahovac Qozogʻistonning „Astana“ jamoasiga mavsum oxirigacha ijaraga berilgan[8]. U klubdagi debyutini 1-aprel kuni Qaragandining „Shaxtyor“ klubiga qarshi oʻtkazgan[9]. 16-aprel kuni u jamoasi bilan „Oqjetpes“ ustidan qozonilgan gʻalabada jamoadagi ilk golini kiritgan[10].
2018-yilning fevralida „Astana“ bilan doimiy shartnoma imzolaganidan so‘ng, u Xorvatiyaning „Rijeka“ jamoasiga bir yilga ijaraga berilgan[11].
Rapid Wienga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil yanvar oyida Grahovac 2022-yil iyunigacha shartnoma asosida Rapid Wien jamoasiga qaytgan[12]. U jamoadagi ilk rasmiy oʻyinini 2-mart kuni " Sent-Polten "ga qarshi oʻtkazgan[13].
Grahovac klubdagi 100-oʻyinini 30-may kuni „Sturm Graz“ga qarshi oʻtkazgan[14].
2021-yilning 31-yanvarida u LASKga qarshi o‘yinda „Rapid Wien“ tarkibidagi birinchi golini kiritgan[15].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Grahovac barcha yoshlar darajasida Bosniya va Gersegovina terma jamosini himoya qilgan. U, shuningdek, Vlado Yagodich bosh murabbiyligidagi 21 yoshgacha boʻlganlar jamoa sardori boʻlib 23 oʻyinda maydonga jamoani boshlab tushgan[16].
2015-yil sentabr oyida u UEFA Yevro-2016 saralash bosqichida Uels va Kiprga qarshi oʻyin uchun birinchi marta kattalae terma jmoasidan chaqiruv olgan[17]. Lekin u Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida terma jamoa safida debyut qilgan[18].
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Borac Banja Luka | 2009—2010 | Bosniya Premyer Ligasi | 10 | 0 | 3 | 0 | - | - | 13 | 0 | ||
2010—2011 | Bosniya Premyer Ligasi | 24 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | - | 26 | 1 | ||
2011—2012 | Bosniya Premyer Ligasi | 26 | 1 | 6 | 0 | 2 | 0 | - | 34 | 1 | ||
2012—2013 | Bosniya Premyer Ligasi | 29 | 2 | 1 | 0 | 2 | 1 | - | 32 | 3 | ||
2013—2014 | Bosniya Premyer Ligasi | 27 | 2 | 2 | 0 | - | - | 29 | 2 | |||
Jami | 116 | 6 | 14 | 0 | 4 | 1 | - | 134 | 7 | |||
Rapid Wien | 2014—2015 | Avstriya Bundesligasi | 13 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | - | 16 | 0 | |
2015—2016 | Avstriya Bundesligasi | 26 | 2 | 2 | 0 | 11 | 0 | - | 39 | 2 | ||
2016—2017 | Avstriya Bundesligasi | 20 | 2 | 2 | 0 | 9 | 0 | - | 31 | 2 | ||
Jami | 59 | 4 | 7 | 0 | 20 | 0 | - | 86 | 4 | |||
Astana (Ijara) | 2017 | Qozogʻiston Premyer Ligasi | 26 | 8 | 0 | 0 | 10 | 0 | - | 36 | 8 | |
Rijeka (Ijara) | 2017—2018 | Xorvatiya Futbol Ligasi | 14 | 0 | 1 | 0 | - | - | 15 | 0 | ||
2018—2019 | Xorvatiya Futbol Ligasi | 12 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | - | 15 | 0 | ||
Jami | 26 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | 30 | 0 | |||
Rapid Wien | 2018—2019 | Avstriya Bundesligasi | 8 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 15 | 0 |
2019—2020 | Avstriya Bundesligasi | 19 | 0 | 1 | 0 | - | - | 20 | 0 | |||
2020—2021 | Avstriya Bundesligasi | 27 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | - | 36 | 1 | ||
2021—2022 | Avstriya Bundesligasi | 23 | 1 | 3 | 2 | 12 | 0 | - | 38 | 3 | ||
Jami | 77 | 2 | 8 | 2 | 21 | 0 | 3 | 0 | 109 | 4 | ||
Rizespor | 2022-2023 | 1. Lig | 4 | 0 | 0 | 0 | - | - | 4 | 0 | ||
Karyerada jami | 308 | 20 | 31 | 2 | 57 | 1 | 3 | 0 | 399 | 23 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Bosniya va Gertsegovina | |||
2016-yil | 3 | 0 | |
Jami | 3 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Predstavljamo Srđana Grahovca: Fudbalsko blago iz Banjaluke“ (Bosnian). nezavisne.com (2011-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2011-yil 11-noyabr.
- ↑ „Golijada Veleža i nova sramota u Trebinju“ (Bosnian). sportsport.ba (2009-yil 1-avgust). Qaraldi: 2009-yil 1-avgust.
- ↑ „Borac odnio pun plijen sa Pecare“ (Bosnian). sportsport.ba (2011-yil 27-fevral). Qaraldi: 2011-yil 28-fevral.
- ↑ „Srđan Grahovac potpisao za bečki Rapid“ (Bosnian). sportsport.ba (2014-yil 7-iyun). Qaraldi: 2014-yil 7-iyun.
- ↑ „Rapid slavio, Grahovac odigrao 90 minuta“ (Bosnian). sportsport.ba (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Grahovac se ugledao na Pjanića“ (Bosnian). sportsport.ba (2015-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
- ↑ „Grahovac produžio vjernost viceprvaku Austrije“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2016-yil 18-iyun). Qaraldi: 2016-yil 18-iyun.
- ↑ „Srđan Grahovac na posudbi u Astani“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2017-yil 17-mart). Qaraldi: 2017-yil 18-mart.
- ↑ „Grahovac: Zadovoljan sam uslovima u Kazahstanu“ (Bosnian). sportsport.ba (2017-yil 6-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-aprel.
- ↑ „Grahovac strijelac u visokoj pobjedi Astane“ (Bosnian). sportsport.ba (2017-yil 16-aprel). Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
- ↑ „Srđan Grahovac na posudbi u Rijeci do kraja 2018. godine“ (Bosnian). klix.ba (2018-yil 13-fevral). Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.
- ↑ „Zvanično: Srđan Grahovac ponovo u dresu bivšeg kluba“ (Bosnian). scsport.ba (2019-yil 15-yanvar). 2022-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 16-yanvar.
- ↑ „Dobra partija Srđana Grahovca nije prošla neopaženo“ (Bosnian). sportsport.ba (2019-yil 2-mart). Qaraldi: 2019-yil 2-mart.
- ↑ „Srđan Grahovac neće po dobrom pamtiti 100. nastup za klub“ (Bosnian). oslobodjenje.ba (2019-yil 30-may). Qaraldi: 2019-yil 1-iyun.
- ↑ „Srđan Grahovac strijelac, Rapid nastavlja potjeru za Salzburgom“ (Bosnian). sportsport.ba (2021-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 1-fevral.
- ↑ „Srđan Grahovac: Selektor će odlučiti o mom debiju“ (Bosnian). reprezentacija.ba (2015-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
- ↑ „Meša objavio spisak, pozvao i Hodžića, Grahovca, Vranješa“ (Bosnian). sportsport.ba (2015-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Zmajevi slomili otpor Luksemburga u drugom poluvremenu i slavili sa 3:0“ (Bosnian). klix.ba (2016-yil 25-mart). Qaraldi: 2016-yil 26-mart.