Kontent qismiga oʻtish

Ssifomeduzalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ssifomeduzalar (Scyphozoa) -boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. S. yirtqich, qar xil plankton organizmlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari ayrim jinsli. Hayot siklida jinsiy meduza va jinssiz polip davri gallanib turadi. Jinsiy bezlar oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar ogiz teshigi orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralari suvda urustanadi. Uruglangan tuxumdan erkin suzuvchi kiprikli planula lichinka chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip ssifistomni hosil qiladi. Ssifistom koʻndalang kurtaklanib efiralarga, efiralar esa yosh meduzalarga aylanadi. S. ning hayoti, asosan, meduza davrida oʻtadi. Polip davri juda kiska. S. meduzasi yirik (soyabonining diametri 1 sm dan 2 m gacha), poliplari mayda (balandligi 1–3 mm). 200 ga yaqin turi 5 ta turkum (koronatalar, diskomeduzalar, kubomeduzalar, stavromeduzalar, ildizogʻiz meduzalar)ga boʻlinadi. Deyarli barcha dengizlarda aureliya meduzasi, yaʼni dengiz likopchasi uchraydi. Ayrim S. (mas, iddizogʻiz meduza, xrizopsalmus, qutb meduzasi) paypaslagichlarida joylashgan otuvchi hujayralari suyuqligi zaharli boʻlib, "kuydirish" xususiyatiga ega. Avstraliya qirgʻoqlari yaqinida uchraydigan xrizopsalmus meduzasi odam uchun ayniqsa xavfli.