Kontent qismiga oʻtish

Stabilizator

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Stabilizator (lot. stabilis — turgʻun, doimiy) — i. ch. jarayoni, mashina parametrlari, elektr kattaliklar va boshqa koʻrsatkichlarni bir meʼyorda ushlab turadigan asbob, moslama yoki modda. Mas, aviatsiya Si — samolyotning boʻylama turgʻunligi va boshqariluvchanligini taʼminlaydigan quyruq qanotining qoʻzgʻalmas qismi. Kuchlanish yoki tok Si tarmoqdagi kuchlanishning oʻzgarishi va nagruzka kiymatidan qatʼi nazar kuchlanish yoki tokni avtomatik tarzda birday ushlab turadi. Dengiz Si kemaning chayqalishini kamaytiradi, u giroskop prinsipiga asoslangan. Fotografik S. foto emulsiyalarning eskirishini sekinlatish yoki unga barham berish uchun ishlatiladigan modda. S. sifatida simob, oltin, platinaning kompleks birikmalari va boshqa ogʻir metallarning tuzlari ishlatiladi. P o limerlar Si ham ularning eskirishini toʻxtatuvchi modda; oksidlanishga karshilik koʻrsatuvchi antioksidantlar, fotoliz va fotooksidlanishni toʻxtatuvchi fotostabilizatorlar, nurlanish taʼsiri ostida eskirishga toʻsqinlik kiluvchi antiradlar va boshqalardan iborat.Manbalarning bu aniqlikdan chetga chiqishlari nostabillik holati deyiladi. Har bir radioqurilmalar uchun foiz hisobda manbalarga ruxsat berilgan nostabillik kattaligi belgilangan. Masalan, radio uzatuvchi qurilmalarda va radiostansiya-larda manbalar uchun nostabillik 2 – 3 % gacha ruxsat etilgan.Elektron mikroskoplarda nostabillik 0,005% gacha, o‘zgarmas tok kuchaytirgichlarida va juda aniqlik bilan ishlaydigan elektron o‘lchov asboblarida 0,0001% gacha.Asbob qancha sezgir bo‘lsa, u shuncha aniq o‘lchaydi va uning manbayi shuncha stabil bo‘lishi lozim.

Manbalarning nostabillik holatda ishlashlari quyidagi chegaralarga bo‘linadi:

– past stabillik holatida ishlovchi manbalarda kuchlanishning o‘zgarishiga 5% gacha ruxsat beriladi;

– o‘rta stabil holatda ishlovchi manbalarda kuchlanishning o‘zgarishiga 1 – 5% gacha ruxsat beriladi;

– yuqori stabil holatda ishlovchi manbalarga 0,1 – 1% gacha ruxsat beriladi.

Kuchlanish gazrozryad stabilizatori

Manbaning stabil ishlashini buzuvchi omillar: muhit harorati, namlik, tarmoq chastotasi va boshqalar kiradi.Ammo nostabillikni keltirib chiqaruvchi asosiy sabab – kirish kuchlanishining tebranishi va yuklamadagi tokning o‘zgarishidir. Tarmoqdagi kuchlanish yoki yuklamadan oqadigan tok ish jarayonida sekin-asta o‘zgarmasdan birdaniga o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishni avtomatik ravishda talab qilingan kattalikda ushlab turishga yordam qiluvchi qurilma «stabilizator» deyiladi. Oʻzgarmas kuchlanishli impuls stablizatorlari rostlovchi elementning kalit rejimida ishlashi bilan chiziqli stablizatorlardan farqlanadi Tranzistorning kalit rejimida ishlashi ishchi nuqtaning kesish sohasidan toʻyinish sohasiga tez oʻtishi orqali xarakterlanadi. Bunda rostlovchi tranzistordagi quvvat ajralishi chiziqli stabilizatorlarga qaraganda ancha kichik. Shuning uchun tranzistorning kalit rejimida ishlatilishi stabilizatorning FIKini oshirishga va hajmini kamaytirishga imkon beradi.

           Impulsli stabilizatorning tuzilish sxemasi

Stabilizatorning chiqish kuchlanishi taqqoslash sxemasida tayanch kuchlanishi bilan taqqoslanadi va farq signali oʻzgarmas tok signalini maʼlum kenglikdagi impulslarga aylantiradigan qurilma kirishiga beriladi. Impulslar kengligi tayanch va oʻlchangan kuchlanishlar farqiga proporsional ravishda oʻzgaradi.

Oʻzgarmas tokni impulslarga oʻzgartiruvchi qurilma chiqishidagi signal rostlovchi tranzistorga beriladi.

           Rostlovchi tranzistor davriy ravishda qayta ulanadi va filtr chiqishidagi kuchlanishning oʻrtacha qiymati tranzistorning ochiqligi va yopiqligi orasidagi intervallarga bogʻliq boʻladi. Stabilizator chiqishidagi kuchlanish oʻzgarsa, oʻzgarmas tok signali oʻzgaradi, demak pauza va impuls orasidagi munosabat oʻzgaradi va chiqish kuchlanishining oʻrtacha qiymati dastlabki qiymatga qaytadi.

Kenglik-impulsli modulyatsiyali impuls stabilizatorining prinsipial sxemasi 10.2-rasmda keltirilgan. Stabilizatorning kuch zanjiri kuch kaliti VT1 tranzistor va LCD filtrdan tashkil topgan. Boshqarish sxemasi kuch kalitini boshqarish impulslarini shakllantiradi va ularning kengligini boshqaradi. Yordamchi tranzistorlar VT2 va VT3, VT1 tranzistorning baza-emitter oʻtishiga boshqarish sxemasidan keladigan boshqarish signalini oʻtkazishni taʼminlaydi (VT1 tranzistorning baza-emitter oʻtishi boshqarish sxemasi bilan umumiy nuqtaga ega emas).

           VT3 tranzistorni UT signal orqali ochilishi VT2 tranzistor kollektor zanjirida tokni vujudga keltiradi va VT2 tranzistor ochiladi. Oʻz navbatida VT2 tranzistor ochilishi rostlovchi tranzistor bazasini Ukir manbaning musbat qutbi bilan tutashtiradi va baza tokining ortishi bilan VT1 tranzitor ochiladi UT signalning 0 sathida VT3, VT2 tranzistor yopiladi, keyin esa VT1 tranzistor ham yopiladi.

           Stabilizatorning boshqarish sxemasi R1, R2 kuchlanish boʻlgichi, tayanch kuchlanish manbai, farq signalini kuchaytirgichi va kenglik-impuls modulyatoridan iborat. Farq signalini kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti Ku=RTARKIR ga teng. KIM kuchaytirgich chiqishidagi analog UU signalni kuch kalitini boshqaruvchi diskret signalga aylantiradi.

           Kenglik-impulsli modulyatsiya DA2 kuchlanish komparatori va G arrasimon kuchlanish generatori dan iborat. DA2 komparatorning invers kirishiga UU boshqaruvchi signal, toʻgʻri kirishiga esa arrasimon signal beriladi. Komparatorning chiqishida birlik sathli UT signal, arrasimon UG signalning sathi boshqaruvchi UU signalning sathidan katta boʻlgan vaqt intervallarida (t1-t2, t3-t4) shakllanadi. Diagrammalardan koʻrinib turibdiki UU signal sathining kamayishi KIM signalining TI kengligini oshirishni keltirib chiqaradi.