Kontent qismiga oʻtish

Stafilinlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Stafilinlar (Staphylinidae) -kalta ustqanotli qoʻngʻizlar oilasi. 30 mingdan ortiq turi maʼlum. Tanasi ingichka va choʻziq (1,5–40 mm); ust qanoti kalta, boshi, koʻkragi va korni oʻzaro birikkan, harakatchan. Qanotlari yaxshi rivojlangan. Lichinkasining boshi yirik, oyoqlari harakatchan. S. keng tarqalgan. Hazon, daraxt poʻstloqlari ostida, qush va boshqa hayvonlar hamda chumolilar inida yashaydi. S.ning koʻpchiligi entomofaglar, shuningdek, parazit, saprofag (chirigan hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadi), nekrofag (oʻlimtikxoʻr)lari ham mavjud. Yirtqichlaridan oleoharlar (Aleocharabilineata, A. bipustulata) maʼlum. Ularning voyaga yetgan qoʻngʻizlari karam pashshasining tuxum va lichinkasi bilan, Oligota oviformus Cas. qoʻngʻizi oʻrgimchakkana va boshqa bilan oziqlanadi. Baʼzi turlari qishloq xoʻjaligi. ekinlarining ikkinchi darajali zararkunandasi. Paederus turkumiga kiradigan S. qonida zaharli modda boʻlib, ezilganda kishi terisida yalligʻlanish paydo qiladi.

Alovuddin Hamroyev.