Kontent qismiga oʻtish

Stalin haykali Kiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kievdagi I. V. Stalinning vaqtinchalik haykali. 1952-yil

Stalin haykali — Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi — sobiq Sovet Ittifoqi rahbari Iosif Vissarionovich Stalin sharafiga oʻrnatilgan yodgorlik.

Birinchi yodgorlik 1930-yillarning oxirida tiklangan. III Internatsional maydonida, parkga kiraverishda oʻrnatilgan. Bu yerda avval imperator Aleksandr II haykali oʻrnatilgan. Undan keyin „Qizil Armiya askari — xalq himoyachisi“ haykali boʻlgan. Uning oʻrnida esa, I. V. Stalinning 5 metrli beton haykali oʻrnatilgan. 1941-yili Kiyev fashistlar tomonidan bosib olinganida vayron qilingan.

1950-yil boshida Stalin maydoni deb atalgan (hozirgi Yevropa maydoni)[1][2] nomi berilgan maydonda vaqtinchalik yodgorlik oʻrnatildi. U kelgusida yanada monumental boʻlishi rejalashtirilgan edi.

1956-yilda, KPSS XX qurultoyidan keyin bu yodgorlik demontaj qilindi.

1950-yillarda Pionerlar bogʻi yaqinida Stalin va Lenin, Stalin va Gorkiy yodgorliklari ham oʻrnatilgan edi.

Stalinga qoʻyilgan barcha yodgorliklar 1956-1961-yillardagi stalinsizlantirish davrida demontaj qilingan.

  1. Лисенко Л., Протас М.. Іstorіya ukraїnskogo mistestva. U 5-ti tomax. K.: ІMFYe іm. M. T. Rilskogo, 2007 — 358-bet. ISBN 966-02-4107-0. (Ukraincha)
  2. „Памятник Сталину И. В.“. 2017-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-mart.
  • Киев: Энциклопедический справочник. Главная редакция Украинской Советской Энциклопедии, 1982 — 287-bet.