Stanislav Ivanovskiy
Stanislav Antonovich Ivanovskiy | |
---|---|
Tavalludi |
28-noyabr 1893-yil Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
31-yanvar 1975-yil Toshkent, OʻzSSR |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya imperiyasi |
Qoʻshin turlari | Пехота |
Xizmatdagi yillari | 1914–1915, 1918–1938 1939–1954 |
Stanislav Antonovich Ivanovskiy (1893-yil 28-noyabr, Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevral qishlogʻi – 1975-yil 31-yanvar, Toshkent) – sovet harbiy rahbari, general-mayor (1940-yil 4-iyun[1]).
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1893-yil 28-noyabrda Vitebsk viloyati, Drissenskiy tumani, Kevrali qishlogʻida tavallud topgan.
1907-yilning kuzidan 2-Riga stansiyasi deposida mexanik, yoʻl taʼmirlash boʻyicha ishchi, qozonxonachi, oʻt oʻchiruvchi va haydovchi yordamchisi boʻlib ishlagan[2].
Harbiy xizmati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav 1914-yil oktyabr oyida Rossiya imperatorlik armiyasi safiga chaqirildi va Kanskda (Yenisey viloyati) joylashgan 16-Sibir zaxira miltiq batalyoniga yuborildi. Oʻquv guruhini tugatgandan soʻng, oʻsha yilning dekabr oyida Sibir 32-piyoda polkida xizmat qildi. Ivanovskiy Gʻarbiy frontdagi jangovar harakatlarda qatnashgan va qahramonligi uchun katta unter-ofitser unvoniga sazovor boʻlgan. 1915-yil may oyida Grodno qal’asida ogʻir jarohat olganidan soʻng, qoʻlga olindi. U Bütow va Gdańsk lagerlarida saqlangan. 1916-yil avgustda qochishga muvaffaq boʻldi, lekin Kaunas hududida hibsga olindi, va yana lagerga qaytarildi.
Urushdan keyingi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ivanovskiy 1945-yil may oyida tuzalib ketganidan soʻng, 159-chi hududga (Lvov harbiy okrugi) komendant lavozimiga, 1946-yil may oyida Drogobichskiy oʻqituvchilar institutining harbiy kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. 1947-yil aprel oyida Oʻzbekiston Davlat universiteti harbiy kafedrasi mudiri boʻlib, 1951-yil fevraldan esa Toshkent viloyati harbiy komissarligining harbiy komissar boʻlib faoliyat olib borgan.
General-mayor Stanislav Antonovich Ivanovskiy 1954-yil mart oyida zaxiraga olingan. 1975-yil 31-yanvarda Toshkentda vafot etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav Antonovich 1945-yil 30-aprelda Lenin ordeni bilan, 1944–1945–1949-yillarda uch marta Qizil Bayroq ordeni bilan va 1944-yil Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Постановление СНК СССР от 04.06.1940 № 945 — Викитека“ (ru). ru.wikisource.org. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- ↑ „Ивановский Станислав Антонович“. Qaraldi: 2023-yil 15-noyabr.
- Samarqand davlat universiteti oʻqituvchilari
- Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti bitiruvchilari
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
- Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley medali sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- General-mayorlar (SSSR)
- Toshkentda vafot etganlar
- 1975-yilda vafot etganlar
- 31-yanvarda vafot etganlar
- 1893-yilda tugʻilganlar
- 28-noyabrda tugʻilganlar