Kontent qismiga oʻtish

Stanislav Monyushko

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Stanislav Monyushko (Moniuszko) (1819.5.5, Minsk yaqinidagi Ubel qishlogʻi — 1872.4.6, Varshava) — polyak kompozitori, dirijyor, organchi, pedagog, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Vilnyus (1840— 58), Varshava (1858-yildan) opera teatrlarida dirijyor, Varshava konservatoriyasida professor (1864-yildan). Birinchi milliy opera ("Galka", 1848), mumtoz kamer vokal asarlari (400 dan ortiq qoʻshiq, romans va boshqalar), bir nechta vodevil va operetta, 6 messa, rekviyem, kantatalar, simfonik asarlar muallifi. Musiqa uslubi ifodaviy vositalarning xalqchilligi, mavzularning kuychanligi, lirik kayfiyatga boyligi, folklor ohanglaridan keng foydalanganligi, sahna asarlari esa musiqiy obrazlarning yorqinligi, dramaturgik mahorati bilan ajralib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil