Stanislav Vostokov
Stanislav Vostokov | |
---|---|
Tavalludi |
1-aprel 1975-yil |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Faoliyat yillari | 1998– |
Stanislav Vladimirovich Vostokov (1975-yil 1-aprel, Toshkent) – rus bolalar yozuvchisi, shoir va tabiatshunos.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stanislav Vostokov 1975-yilda Toshkentda tavallud topgan. Maktabni tugatgach, Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejiga oʻqishga kirgan. Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Toshkent hayvonot bogʻida ishlagan. Keyinchalik Kambodjadagi ekologik loyihada ishtirok etgan[1].
Shoir 1995-yilda Angliyada tahsil oldi. Hayvonlarning noyob turlarini saqlash boʻyicha mutaxassis boʻlish uchun kurslarda oʻqidi va Djersi orolida tabiatni muhofaza qilish xalqaro oʻquv markazida ishladi. Vostokov mehnat faoliyati davomida kundalik yuritdi va uni saqladi. Keyinchalik bu yozuvlar yordamida „Ostrov, odetiy v djersi“ (2007) kitobini qayta ishladi. Kambodjadagi loyihalarida brakonerlardan qutqarilgan gibbonlar uchun reabilitatsiya markazini qurish va „Tabiiy qoʻriqxonalar va noyob hayvonlar xaritasi“ ni keng targʻib qilish orqali ikki marta Jerald Darrell fondidan grantlar oldi[2].
Bundan tashqari, Vostokov Butunrossiya tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot institutida va Moskva hayvonot bogʻida ishlagan. Bu tajriba uning „Moskovskiy zoopark. Rasskazi slujatelya“ (2004) kitobida namoyon boʻlgan. Keyinchalik bu kitob „Ne kormit i ne draznit!“ nomi bilan qayta nashr etilgan (2010). 2011-yilda bolalar va oʻsmirlar uchun 40 ta mamlakat yozuvchilari tomonidan yaratilgan eng yaxshi kitoblarning yillik katalogiga kiritildi.
Stanislav Vostokov 1998-yilda sheʼrlari bosma nashrlardan chiqa boshlaganida oʻzini yozuvchi sifatida namoyon qildi. „Murzilka“, „Prostokvashino“, „Kukumber“, „Vovochka“, „Kolobok i dva jirafa“, „Yuniy naturalist“, „Pionerskaya pravda“ va „Jili-bili“ gazetalarida faoliyat olib borgan.
Butunrossiya „Kniga goda: vibirayut deti“ loyiha-tanlovi natijalariga koʻra (Shildrenʼs Choices mukofotining ruscha versiyasi „Detskiy vibor“), S. Vostokovning „Veter delayut derevya“ kitobi 2012-yilda nashr etilgan eng yaxshi kitoblar oʻntaligiga kirdi[3].
Stanislav Vostokov mamlakat boʻylab koʻp sayohat qilgan, adabiy tadbirlarda qatnashgan. Maktablar va bolalar uylarida, klublar va kutubxonalarda yosh kitobxonlar bilan uchrashgan. Yozuvchini Germaniya, Finlyandiya va Kubadagi bolalar bilan uchrashishga taklif qilishgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Востоков Станислав Владимирович“. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
- ↑ „Востоков Станислав Владимирович“. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
- ↑ „Востоков Станислав Владимирович“. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.