Stegotsefallar
Qiyofa
Stegotsefallar, qopqoqboshlilar, sovutboshlilar (Stegocephalia) — suvda va qurukdikda yashovchi qazilma hayvonlar. S. qoldigʻi yuqori paleozoy va quyi mezozoy yotqiziqlaridan topilgan. Tanasining uz. 10 sm dan 4 m gacha. Kalla suyagining qopqogʻi yaxlit qoplam hosil qilgan.
Tanasi sirtida suyakli qalqonchalar boʻlgan. S. daryo, koʻl, oʻrmon va botqoqliklarda yashagan. Baʼzi S. hozirgi amfibiyalarta yaqin turadi. Sning koʻp qismi labirintodontlarga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |