Stephen P. Duggan
Stephen Pierce Hayden Duggan (1870-yil 20-dekabr, New York shahri – 1950-yil 18-avgust, Stamford, Connecticut) – AQSH olimi hamda pedagogi.
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stephen New York shahar kollejida (CCNY) tahsil olgan. Bu kollejda 1896-yili bakalavriatni tugatgandan soʻng, Columbia universitetida aspiranturada oʻqish davomida dars berishni boshlagan. Soʻngra 1902-yili ushbu universitetda PhD darajasini olgan. U CCNYda tarix fani professori hamda 1906-yildan boshlab tarix fakulteti dekani boʻlgan.
Duggan 1919-yilda Nobel mukofoti laureatlari Elihu Root va Nicholas Murray Butler bilan birgalikda Council on Foreign Relations nomli xalqaro universitetga asos solgan. Universitetning birinchi rahbari lavozimiga Duggan tayinlangan (1946-yilgacha).
Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Duggan New Yorkdagi White Plains negro farovonlik ligasining direktori boʻlgan Sarah Alice Elsesserga uylangan[1].
Ularning oʻgʻli Lorens Duggan iqtisodchi va Davlat departamenti xodimi boʻlib, Sovet davlatiga agentlik qilganlikda gumonlangan[2].
Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Sharq masalasi: Diplomatiyani oʻrganish (1902)
- "Tarix fanidan talabalar uchun darslik" (1916)
- Millatlar Ligasi: prinsip va amaliyot (1919)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Welles, Benjamin Sumner. Laurence Duggan 1905–1948: In Memoriam. Overbrook Press, 1949 — 3 (family, education), 4 (marriage, children), 4–5 (State), 5–6 (UNRRA), 6–8 (IIE), 8 (1948), 11 (body), 41–44 (Murrow broadcast), 90 (UNRRA) bet. 2017-yil 6-oktyabrda qaraldi.
- ↑ Allen Weinstein and Alexander Vassiliev, The Haunted Wood: Soviet Espionage in America – The Stalin Era (2000) pp 3-21.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |