Kontent qismiga oʻtish

Stereograf

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Stereograf (stereo... va graf) — aerofotosuratlar boʻyicha topografiya haritalari tuzish uchun moʻljallangan universal mexanik loyihalash asbobi. S.da topografiya haritalari tuzish uchun aerofotosuratlar 3° gacha qiya burchak ostida olinishi kerak. S. koordinometr, karetkalar, surgichlar, kardanlar, korreksiyalovchi (tuzatish kirituvchi) mexanizmlar va loyihalash richaglaridan iborat. Aerofotosuratlar har doim gorizontal joylashtiriladi. Koordinometr karetkasi surilganda loyihalash richaglari proyeksiyalar markazlari atrofida aylanib, aerofotosuratlarni va surgichlarni qiya korreksiyalash tekisliklari boʻyicha suradi. Natijada kardanlarning balandlik boʻyicha vaziyati oʻzgaradi va suratlar qoʻshimcha ravishda suriladi (qiyalik burchaklarining taʼsiri yoʻqoladi). S. yordamida obʼyektlarning tasviri haritaga buzilmay chiziladi.