Kontent qismiga oʻtish

Steroidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Steroidlar – kimyoviy tabiatiga koʻra izoprenoidlarga mansub organik birikmalar sinfi. Steroidlar tirik tabiatda keng tarqalgan, mikroorganizm, oʻsimlik va hayvonlarda koʻplab uchraydi. Barcha steroidlar steran uglevodorodlarining hosilalaridir, biogenetik jihatdan esa skvalendan hosil boʻladi. Steroidlar – optik faol kristall moddalar, organik moddalarda suvga qaraganda yaxshi eriydi. Tabiiy steroidlar quyidagi sinflarga boʻlinadi: sterinlar, oʻtsafro kislotalari, steriod gormonlar (androgen gormonlar, androgenlar, kortikosteroidlar, estrogen gormonlar), yurakfaol steroidlari, yurak glikozidlari, bufogeninlar, steroid sapogeninlar (saponinlar) va steroid alkaloidlar. Tabiiy steroidlardan tashqari, koʻp sonli „sintetik steroidlar“ ham olingan. Steroidlar tibbiyotda koʻplab ishlatiladi, kimyoda ahamiyati muhim.