Kontent qismiga oʻtish

Steven Pruitt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steven Pruitt

Pruitt 2022-yilda
Tavalludi 17-aprel 1984-yil (1984-04-17) (40 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Faoliyat yillari 2004–h. v.

Steven Pruitt (1984-yil 17-aprelda tugʻilgan) – amerikalik Vikipediya muharriri va administratori, inglizcha Vikipediyaga eng koʻp tahrir qilgan. 5 milliondan ortiq tahriri barcha inglizcha Vikipediya maqolalarining uchdan biriga kamida bitta tahririga toʻgʻri keladi. Pruitt birinchi marta 2004-yilda Vikipediyani tahrirlashni boshlagan[1][2]. Shuningdek, 33 000 dan ortiq Vikipediya maqolalarini yaratgan[2]. Pruitt 2017-yilda Time jurnali tomonidan Internetdagi 25 ta eng muhim taʼsir oʻtkazuvchi kishilardan biri sifatida tanilgan[3].

Pruitt Ser Amantio di Nicolao taxallusi ostida tahrir qiladi, bu Giacomo Puccinining 1918-yilgi Gianni Schicchi operasidagi kichik qahramonga ishoradir[4]. Vikipediyada gender tafovutga qarshi kurash olib borishini, „Qizildagi ayollar“ loyihasi orqali ayollarni ham jalb etishni maqsad qilganini bildirgan[5].

Hayotining ilk davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pruitt 1984-yil 17-aprelda San Antonioda (Texas) tugʻilgan. Rossiyalik yahudiy muhojir Alla Pruitt va Virjiniya shtatining Richmond shahridan boʻlgan Donald Pruittning yagona farzandi[2][6]. Onasi Leonid Brejnev davrida yahudiylarning migratsiya siyosati yumshatilgani sababli Sovet Ittifoqidan koʻchib ketgan, otasi esa Virjiniyadagi kollejda professor boʻlib ishlagan[5]. Ota-onasi San Antonio yaqinidagi Lacklend havo kuchlari bazasida Mudofaa tillari institutining rus boʻlimida oʻqituvchilik paytida uchrashib qolishgan[6].

Voyaga yetgach, Pruitt klassik adabiyot va Agata Christie va Ngaio Marshning sirli hikoyalarini oʻqib turgan[6]. Pruitt oʻzining bilimga boʻlgan muhabbatini onasining Sovet Ittifoqida oʻsib-ulgʻayganligi haqidagi hikoyalariga bogʻlaydi[2].

Pruitt 2002-yilda Virjiniya shtatining Alexandria shahridagi Avliyo Stiven va Avliyo Agnes maktabini tamomlagan[7]. William va Mary kollejida oʻqigan va bu yerda yana xor guruhida qoʻshiq kuylagan[5]. 2006-yilda sanʼatshunoslik fakultetini tamomlagan[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Pruitt AQSh bojxona va chegara himoyasi boʻyicha pudratchi boʻlib, u yerda yozuvlar va maʼlumotlar bilan ishlagan[8][4]. 2020-yilda Mudofaa sogʻliqni saqlash agentligida rekordlar boʻyicha menejerlik lavozimiga ishga kirgan. 2021-yildan boshlab Mudofaa sogʻliqni saqlash agentligining pudratchisi Chenega IT Enterprise Services kompaniyasida ishlaydi[2].

Vikipediyadagi tahrirlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pruitt 2018 yilda

Pruitt 2004-yil iyun oyidan Vikipediyani tahrirlashni boshlaydi[2][4][7]. Ilk Vikipediya maqolasi katta bobosi[9], Portugaliyada tugʻilgan Amerika inqilobiy urushi qahramoni, „Virginia Hercules“ nomi bilan tanilgan Peter Francisco haqida boʻlgan[6][10]. Eng sevimli maqolasi Virjiniyadagi Pohick cherkovi[10]. Joriy hisobini 2006-yil yanvar oyida William va Mary kollejida katta kursda oʻqib yurgan paytlarda yaratgan[2][8]. Joriy hisob qaydnomasini yaratishdan oldin parolni unutib qoʻygan vz bir nechta hisoblarda tahrirlagan[2]. 2008-yilgi moliyaviy inqiroz paytida ishsiz boʻlgan Pruitt tahrirlash uchun soatlab vaqt sarflagan. Bu faoliyat baʼzan potentsial intervyu oluvchilar saytni Julian Assangening WikiLeaks tarmogʻi bilan chalkashtirib yuborar, bu esa intervyu jurnalistlarning intervyu olishiga toʻsqinlik qilgan. 2015-yilda eng koʻp tahrir qilish boʻyicha muharrir Justin Knappdan oʻzib ketadi. Xuddi shu yili administrator ham boʻladi[10]. 2019-yil fevraliga kelib, Pruitt Vikipediyaga uch milliondan ortiq tahrir qilgan, ushbu tahrirlari bilan inglizcha Vikipediyadagi boshqa muharrirlardan koʻproq boʻlgan va 2021-yil fevraliga qadar toʻrt milliondan ortiq tahrir qilgan[4]. Pruitt shuningdek, Vikipediyada 33 000 dan ortiq maqola yaratgan, „Northern Virginia Magazine“ maʼlumotlariga koʻra bu natija Vikipediya muharrirlari orasida yettinchi eng yuqori koʻrsatkichdir[2].

„Qizidagi ayollar loyihasida“[10] Vikipediyadagi gender tafovutga qarshi turish maqsadida 600 dan ortiq ayollar haqida maqolalar yaratgan[6]. Tahrirlarining aksariyati yolgʻiz amalga oshirilgan boʻlsa-da[5], Virjiniya loyihasi qatnashchisidir. Pruitt oʻzini inklyuzionist deb hisoblaydi va maqolalarni oʻchirish oʻrniga saqlab qolishni afzal koʻradi[10]. Shuningdek, oʻzini kichik, koʻzdan nari tahrirlarni amalga oshiradigan WikiGnome deb hisoblaydi[1]. Pruitt har kuni tahrirlash uchun uchdan[5] toʻrt soatgacha, dam olish kunlari esa koʻproq vaqt sarflaydi[11]. Eng uzoq Vikipediyani tahrir qilamagan davri ikki yoki uch hafta[2]. 2021-yil 13-yanvarda Vikipediyadagi „Death Breathing“ sahifasida milliardinchi tahrir amalga oshirgan[12].

Intervyulari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pruitt oʻzini tanishtirmoqda

Pruitt 2019-yil yanvar oyida CBS This Morning telekanalida namoyish etilgan. Intervyuda Pruitt Fransisko haqidagi birinchi maqolasini[6] tasvirlab, Vikipediyada taniqli ayollar hayoti yoritilishini kuchaytirishga yordam berish majburiyatini olganligini bildiradi.

Pruittning ayol rassomlar, bastakorlar va tarixiy shaxslarga eʼtibori unchalik maʼlum emas. Asosan eʼtibordan chetda qoladigan mavzularni yoritishga qiziqadi. Vikipediyadagi gender tafovutini bartaraf etishda faol hissa qoʻshgan. Uning saʼy-harakatlari va bunday tashabbuslarni ilgari surganligi tufayli ayollar haqidagi biografik maqolalarning taqdimoti oʻsish sur’atlarini koʻrsatgan. Umumiy maqolalardagi ulush 14% dan hozirgi koʻrsatkich deyarli 18% gacha yuqorilagan. Bu haqda intervyularidan birida aytib oʻtgan[13].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pruittning Vikipediyadan tashqari qoʻshiq aytishga qiziqiadi. Capitol Hill xorida kuylaydi. Yoshligidan ota-onasining tarbiyasi natijasida operaga muxlis[5] va bu ishtiyoq uning Vikipediya foydalanuvchi nomi „Ser Amantio di Nicolao“ dan ham maʼlum[6]. Pruitt yana klassik musiqa muxlisi hamdir[2]. 2018-yil holatiga koʻra, yolgʻiz va Vashington, Kolumbiya okrugidagi uy-joy narxi yuqori boʻlganligi sababli ota-onasi qaramogʻida yashaydi[5].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Time „Internetdagi eng nufuzli 25 kishi“ (2017)[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Harrison, Stephen (2021-01-15). „Wikipedia Is Basically a Massive RPG“. Wired. Condé Nast. ISSN 1078-3148. 2021-01-15da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021-06-13.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 „Time Magazine Named Steven Pruitt One of the Most Influential People on the Internet–Just For His Wikipedia Edits“. Northern Virginia Magazine (2021-yil 24-noyabr). 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-noyabr.
  3. „Meet the man behind a third of what's on Wikipedia - CBS News“ (en-US). www.cbsnews.com (2019-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 13-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Brown. „Meet The World's Most Prolific Wikipedia Editor“ (en-US). Vocativ (2016-yil 15-yanvar). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 5,6 Malloy. „This Prolific Nerd Is Shaping the Future of Wikipedia“ (en). OZY (2018-yil 13-fevral). 2019-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-aprel.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 6,7 Eshleman, Tina (September 17, 2018). „The Wikiman: How the most prolific Wikipedia editor is expanding what we know about the world“. W&M Alumni Magazine. № Fall 2018. College of William & Mary. April 10, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2019-04-10.
  7. 7,0 7,1 „Steven Pruitt '02“. St. Stephen's & St. Agnes School. 2021-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
  8. 8,0 8,1 8,2 „The 25 Most Influential People on the Internet“. Time. June 26, 2017. May 18, 2019da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2019-04-10. „The family moved to Monterey, California, for several years before settling in Northern Virginia in 1989, when Steven was 5.“
  9. Yassin. „The Secret King of Wikipedia“. YouTube (2020-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 16-fevral.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Harrison, Stephen. „The Wikipedia contributor behind 2.5 million edits“. The Washington Post. Nash Holdings (2018-yil 2-oktyabr). 2018-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-avgust.
  11. Wallace. „What Content Creators Can Learn From the Internet's Most Prolific Editor“. Medium (2021-yil 12-aprel). 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-iyun.
  12. „The English Language Wikipedia Just Had Its Billionth Edit“ (en). www.vice.com (2021-yil 15-yanvar). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  13. Pruitt '06 discusses Wikipedia's gender gap (inglizcha), November 7, 2018, qaraldi: 2023-08-31

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]