Kontent qismiga oʻtish

Stoffel Vandoorne

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stoffel Vandoorne

Vandoorne (2019)
Millati Belgiya belgiyalik
Tugʻilgan joyi 26-mart 1992-yil (1992-03-26) (32 yosh)
Kortreyk, Belgiya
Musobaqalarda faoliyati
Debyut mavsumi 2018-19
Hozirgi jamoa DS Penske
Avtomobil raqami 1
Sobiq jamoasi HWA Racelab, Mercedes-EQ Formula E Team
Startlar 55
Chempionatlar 1 (2021-22)
Gʻalabalar 3
Unvonlar 15
Pole pozitsiyasi 7
Tez aylanishlar 4

Stoffel Vandoorne (1992-yil 26-martda tugʻilgan) belgiyalik professional poygachisi boʻlib, hozirda Formula E tasnifidagi Dragon Racing poygalarida ishtirok etib kelmoqda. U 2016-yildan 2018-yilgacha McLaren jamoasi tarkibida Formula 1 poygalarida ishtirok etgan[1][2]. Shuningdek hozirda Mercedes-AMG Petronas F1 va McLaren jamoasi tarkibidagi sinov haydovchisi ham hisoblanadi. U 2015-yilda GP2 seriyasi va 2021—2022-yilgi Formula E mavsumida Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan[3]. Hozirda u Monte-Karlo (Monako) va Roeselare (Belgiya)da istiqomat qiladi.

Stoffel Vandorne Gʻarbiy Flandriyadagi Kortreykshahrida tugʻilgan. Vandorne avtosport bilan olti yoshida otasi bilan karting boʻyicha jahon chempionating Flandriyadagi gran-prisiga tashrif buyurish paytida tanishgan. Vandorne karting bilan shugʻullanishni ushbu poyga trassasi egasi unga mini karting mashinasi sovgʻa qilganidan soʻng boshladi[4].

Dastlab, mablagʻ yetishmasligi Vandorneni yiliga 3-4 poygada ishtirok etish bilan cheklab qoʻydi. 16 yoshida u Belgiyada KF2 chempioni boʻlishga erishdi. 2009-yilda u CIK-FIA jahon chempionatida KF2 toifasida ikkinchi oʻrinni egalladi . Xuddi shu yili u Belgiya Qirollik avtomobil klubi tomonidan oʻtkazilgan „steering wheel“ tanlovida gʻolib chiqdi. 45000 evro mukofot puli unga avtomobil poygasi boʻyicha F4 yevrokubogida faoliyatini boshlashga yordam berdi.

2010-yilda Vandoorne bitta oʻrindiqli poyga avtobillar ishtirok etuvchi F4 Eurocup 1.6 seriyasiga kiruvchi musobaqaga qoʻshildi. U mavsumni oltita gʻalaba va shohsupaning yana uchta turli pogʻonalari bilan yakunlash evaziga birinchi urinishidayoq ushbu seriyada gʻalaba qozondi. Ushbu gʻalaba unga kelasi yili Formula Renault 2.0 Yevrokubogida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etdi. Shuningdek, u FIA Haydovchilar Akademiyasidan ham joy oldi.

2014-yil yanvar oyida Vandoorne GP2 poygalarida ART jamoasi tarkibida debyut mavsumini oʻtkazishini tasdiqladi. Bahrayndagi ochilish poygasida Vandoorne mavsumdagi birinchi gʻalabasini qayd etdi. U ketma-ket toʻrtta pole pozitsiyadan start olishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek Hungaroring, Monza va Yas-Marinada yana uchta gʻalaba va qoʻshimcha olti marta shohsupaga koʻtarilishga erishdi[5].

Umumiy natijalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Seriya Jamoa Oʻrin
2008 KF2 VDK Racing 13th
Belgian Championship — KF2 1
2009 CIK-FIA European Championship — KF2 VDK Racing 23
CIK-FIA World Cup — KF2 2
WSK International Series — KF2 22
2010 Racehall of Champions — 80 kg 12
2012 Racehall of Champions — 80 kg 1

F4 Eurocup 1.6

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 Poz Ball
2010 ALC
1

2
ALC
2

1
SPA
1

1
SPA
2

1
MAG
1

2
MAG
2

1
HUN
1

16
HUN
2

4
HOC
1

1
HOC
2

1
SIL
1

4
SIL
2

2
CAT
1

4
CAT
2

4
1 159

Le Man poygasi natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Jamoa Yordamchi poygachi Aylanish Klass Aylanish Poz. Klass
Pos.
2019 Rossiya SMP Racing Rossiya Mixail Aleshin
Rossiya Vitaly Petrov
BR Engineering BR1-AER LMP1 379 3 3
2021 Birlashgan Qirollik Jota Sport Birlashgan Qirollik Tom Blomqvist
Indoneziya Sean Gelael
Oreca 07-Gibson LMP2 363 7 2
  1. „Stoffel Vandoorne to leave McLaren at the end of the 2018 season“. McLaren. 2018-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-sentyabr.
  2. Thorn, Dan „Vandoorne Is Making The Switch To Formula E For Season Five“. WTF1 (2018-yil 15-oktyabr). 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-oktyabr.
  3. van Ufford, Nicolás Quarles. „Vandoorne to become sim-driver for Mercedes in 2019“. www.gpblog.com (2018-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 23-oktyabr.
  4. Mills, Peter „Vandoorne: future McLaren F1 star?“ (en). AUTOSPORT.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  5. „Stoffel Vandoorne“ (en). Motor Sport Magazine (2015-yil 6-avgust). Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.