Kontent qismiga oʻtish

Strongilidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Strongilidlar (Strongylida) -nematodalar sinfiga mansub toʻgarak chuvalchanglar turkumi. Uzunligi 4 mm dan 7 sm gacha. Ogʻiz kapsulasi kuchli rivojlangan; xoʻjayin toʻqimasiga yopishish vazifasini bajaradi. 10 ta oilasi bor. Eng muhim oilalaridan biri — Strongylidae ga 22 ta urug kiradi. S. sut emizuvchilar, qushlar ichagida va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Oraliq xoʻjayinsiz rivojlanadi. Odam va hayvonlarda strongiloz kasalligini paydo qiladi.