Kontent qismiga oʻtish

Stronsianit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stronsianit — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Ilk bor 1787-yil Stronshian sh. (Shotlandiya) yaqinida topilgan, nomi shundan. Kimyoviy tarkibi Sr[CO3]. Odatda, Sa, Va, R aralashmalariga ega. Romb singoniyasida kristallanadi. Agregatlari yaxlit, donador, zich va tolasimon, ingichka nayzasimon boʻlib tuzilgan. Rangsiz yoki yashilroq, sargʻish va kulrang boʻlib, yaltirashi shishadek. Moʻrt. Qattikligi 3,5—4; zichligi 3,6—3,8 g/sm³. Gidrotermal jinslar orasida selestin, barit, kalsit, sulfidlar bilan assotsiatsiyada uchraydi; koʻpincha choʻkindi togʻ jinslaridan gilliohaktoshlarda chiziqlar koʻrinishida boʻladi. S. Oʻzbekistonda Qurama togʻ tizmalaridagi Taboshar konida (1932), kalsiostronsianit turi esa, Yetimtogʻ oltingugurt konida topilgan.