Kontent qismiga oʻtish

Subyektivizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Subʼyektivizmdan yoʻnaltirildi)

Subyektivizm - voqelikni subyektga qarab biladigan, yaʼni ongni birlamchi yaratilgan, boshqa hamma narsalar ongning shakli, mazmuni yoki uning ijodi mahsuli hisoblanadi deb izohlovchi qarash. S. tushunchasini Dekart joriy qilgan. J. Berkli idealizmi bunday S.ning eng keskin shakli hisoblanadi. Kantchilikni shu xildagi S.ning oʻrtacha koʻrinishi deyish mumkin. Neopozitivizmning turli koʻrinishlari ham bir jihatdan shunday S.ga yaqin keladi. S. soʻzi tor maʼnoda — intellektual haqiqatning, shuningdek, axloqiy va estetik qadriyatlarning sof subʼyektivligi, ularning mutlaq ahamiyat kasb etishini inkor qilish toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Kamdankam hollarda bunday S. nazariyada solipsizmga, etikada esa — egoizmta olib keladi. Xususan, sofispglar va kirena maktabi vakillari nazariyada, gedonistlar — etikada, Yangi davr (19-asr)da esa, xususan, Shtirner subʼyektivistlar boʻlgan edi.