Subsidiar javobgarlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Subsidiar (lot. subsidiārius soʻzidan – qoʻllab-quvvatlovchi) javobgarlik – asosiy qarzdorning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda boshqa shaxsning javobgar boʻlishi. Subsidiar javobgar boʻlgan shaxs kreditor oldida asosiy qarzdor kabi javob beradi[1]. Qonunchilik yoki majburiyat shartlariga muvofiq asosiy qarzdor boʻlgan boshqa shaxsning javobgarligiga qoʻshimcha ravishda javobgar boʻlgan (subsidiar javobgarlik) shaxsga talablar qoʻyishdan oldin kreditor asosiy qarzdorga talab qoʻyishi kerak. Agar asosiy qarzdor kreditorning talabini qondirishdan bosh tortsa yoki kreditor undan qoʻyilgan talabga oqilona muddatda javob olmagan boʻlsa, bu talab subsidiar javobgar boʻlgan shaxsga qoʻyilishi mumkin. Kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini qondirishni subsidiar javobgar shaxsdan talab qilishga haqli emas, basharti bu talab asosiy qarzdorga muqobil talabni hisobga oʻtkazish yoki mablagʻlarni asosiy qarzdordan nizosiz undirib olish yoʻli bilan qondirilishi mumkin boʻlsa. Subsidiar javobgar shaxs oʻziga kreditor tomonidan qoʻyilgan talabni qondirishdan oldin bu haqda asosiy qarzdorni ogohlantirishi, bordi-yu bunday shaxsga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilgan boʻlsa – asosiy qarzdorni ishda qatnashishga jalb qilishi kerak. Aks holda asosiy qarzdor oʻzining kreditorga qarshi eʼtirozlarini subsidiar javobgar shaxsning regress talabiga qarshi qoʻyish huquqiga ega.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqarolik Kodeksi 329-modda

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hamidulla, Ziyoyev „Solidar va subsidiar javobgarlikning farqi“. Yuridikuz. Legal Innovations Centre' MChJ. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.

[1]

  1. Umarov, A „Solidar va subsidiar javobgarlik tushunchalari“. Toshkent viloyati adliya boshqarmasi. Toshkent viloyati Nurafshon shahri Toshkent yo'li ko'chasi: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.