Kontent qismiga oʻtish

Sud-tibbiyot ekspertizasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sud-tibbiyot ekspertizasi - sud ekspertizasi turlaridan biri; jinoiy yoki fuqaroviy ishlarni olib borayotganda tibbiy masalalarni mutaxassislar tomonidan oʻrganilishidan iborat. Sud-tibbiyot ekspertizasini tayinlash va bajarish tartibi protsessual kodekslar bilan belgilanadi. Qonunlar oʻlim sabablarini; tanaga yetkazilgan jarohatlarning qay tarzdaligi yoki ogʻir yengilligini; ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi, jabrlanuvchining yoshini aniqlash, shuningdek, jabrlanuvchining jinsiy balogʻat yoshini bilish uchun, albatta, Sud-tibbiyot ekspertizasi oʻtkazilishi kerakligini nazarda tutadi. Sud-tibbiyot ekspertizasini sud ekspertiza muassasalari amalga oshiradi. Kerakli tekshirishlar oʻtkazib boʻlingach, ekspert xulosa yozadi, uni hujjat sifatida rasmiylashtiradi.