Kontent qismiga oʻtish

Sud ballistikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sud ballistikasi - oʻq otar qurol va oʻqdorilar hamda ular qoldirgan izlarni topish va tadqiq qilish usullari bilan shugʻullanuvchi kimyoviy va fizikaviy usullarga asoslangan kriminalistik taʼlimot. Sud ballistikasi oʻq izlari, oʻq uzilgan joy hamda oʻqning uchib oʻtgan masofasi, yoʻnalishi, qurol turi, uning xususiy belgilari va boshqalarni aniqlaydi.