Kontent qismiga oʻtish

Sud fotografiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sud fotografiyasi – kriminalistik suratga olish metodlari va texnik vositalari tizimi. Tergov, tezkorqidiruv tadbirlari va ekspertiza oʻtkazilayotganda qoʻllanadi. Sud fotografiyasi ga voqea yuz bergan yoki tintuv oʻtkazilgan joylar, ashyoviy dalillar, jinoyat izlari, qurollari va boshqalarni suratga olish kiradi. Sud fotografiyasi dalillarni tasvirlash va tekshirish uchun xizmat qiladi. Tasvirlovchi Sud fotografiyasiga oʻlchovli (masshtabli, stereofotografik), makrosʼyomka (kichik obyekt va izlarning suratlari), tanib olishga moʻljallangan (yuzni odd va yon tomondan eks ettirish), reproduksiyaviy (hujjatlar nusxasi) va boshqa turdagi suratlar kiradi. Tekshiruv Sud fotografiyasiga infrakizil, ultrabinafsha, rentgen, gamma nurlar, mikrofotografiya, golografiya, rang ajratkichlar yordamida olinadigan fotosuratlar kiradi. Sud fotografiyasi suratlaridan dalil sifatida foydalaniladi. Ular tergov harakatlari bayonnomasiga yoki ekspert xulosasiga ilova qilinadi.