Suddenly (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Suddenly“
Arash qoʻshigʻi
„Donya“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 19-iyun 2008-yil
Matn muallif(lar)i
  • Johan Bejerholm
  • Khaled Hadj Ibrahim
  • Kada Mustapha
  • Max Tavahen
  • Arash Labaf
  • Robert Uhlmann[1]

Suddenly“ – eronlik qoʻshiqchi Arashning Rebeccaa Zadig bilan birgalikda Donya nomli ikkinchi albomi uchun yaratgan qoʻshigʻi. Qoʻshiq Warner Music Sweden tomonidan 2008-yil 19-iyunda chiqarilgan va Shvetsiyada yoz oyining xitiga aylangan.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq ikkita tilda kuylangan. Asosiy misralar Arash tomonidan fors tilida va xor Rebecca Zadig tomonidan ingliz tilida kuylangan.

„Près de toi“ deb nomlangan ikkinchi versiya bir yil oʻtib chiqqan. Unda qoʻshiqchilar Najim, Rebecca va Arash qoʻshiqni uch tilda (fransuzcha, forscha va inglizcha) kuylagan.

Chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chart (2008) Oʻrin
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya (Sverigetopplistan)[2] 8

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ASCAP Repertory entry for this song“. ASCAP. Qaraldi: 2021-yil 13-may.
  2. "Arash feat. Rebecca – Suddenly". Singles Top 100. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust.