Kontent qismiga oʻtish

Sufiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sufiy - (arabcha. الصّوفيّ - sufiy, tasavvuf vakili). Sufiy atamasi islomdagi mistik-asketik ta’limot vakillari nomi. Sufiy atamasi oʻzak ma’no kasb etib, tasavvuf ana shu sufiylik bilan shugʻullanishni anglatuvchi otlashgan ish-harakat nomidir. Ba’zi fikrlarga koʻra, sufiylar amaliy rasm-rusumlarni ado etuvchilar tushuniladi.

Sufiy soʻzining kelib chiqishi haqida qadimdan turli fikrlar mavjud. Hozirgi kunda bu soʻzning “yung” soʻzidan kelib chiqqani haqidagi farazlar umumiy qabul qilingan fikr, deb hisoblanmoqda. Sabab sifatida, dastlabki sufiylar dagʻal jundan kiyim kiyib yurishgani keltirilgan. Agar “sufiy” soʻzi “suf”, ya’ni yung ma’nosini anglatuvchi soʻzdan kelib chiqqan deyilsa va asos sifatida sufiylarning odatda yungdan toʻqilgan janda-xirqa yoki po‘stin kiyganiga ishora qilingan boʻlsa, “tasavvuf” atamasi lugʻaviy jihatdan “xirqa kiyish”, istilohiy jihatdan esa “sufiylik bilan shugʻullanish” ma’nosini anglatadi.

Abu Rayhon BeruniyningTahqiqu ma li-l-Hind” asarida yunoncha “sofia” soʻzining ma’nosi “hikmat” ekanini keltirib oʻtilgan.

Bu soʻz mistik-asketik ta’limot ma’nosida islomdan avval ham ishlatilgan. Atama ilk bora Iroq sufiylari orasida tarqalgan, ammo boshqa mintaqalarda urf boʻlmagan, keyinchalik asta-sekin atama islomdagi barcha zuhd va irfoniy harakatlar uchun umumlashib borgan[1].

  1. Usmonov, Olimov, Yo'ldashxo'djayev, Faxriddinov, To'ychiyeva, Jabborov, Cho'tmamatov, Rahimov, Komiljonova, Karimova, Nurmuhammedov, Erkaboyeva, Jurayev 2015, s. 235.
  • Usmonov I, Olimov S, Yo'ldashxo'djayev H, Faxriddinov Z, To'ychiyeva N, Jabborov N, Cho'tmatov J, Rahimov K, Komiljonova Z, Karimova S, Nurmuhammedov D, Erkaboyeva F, Jurayev O Turdiyeva D.. Tasavvuf atamalari. Movarounnahr nashriyoti, 2015 — 360-bet. ISBN 978-9943-12-346-5.