Kontent qismiga oʻtish

Sugʻdiyona kishmishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sugʻdiyona kishmishi - oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida Pobeda va Krra kishmish navlarini chatishtirib chiqarilgan (K.V.Smirnov, Ye.P.Perepelitsina). Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, yuzasi biroz burmali, ostki qismi tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, ogʻirligi 800—900 g, shingillari oʻrtacha havol, gʻujumi yirik — 5 g gacha, mumgʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa, taʼmi shirin, xushxoʻr. Toʻliq pishganda qand moddasi 25—26% ga yetadi. Hosili avgust oxiri — sentabr boshlarida toʻliq yetiladi.

Oʻrtacha hosildorligi 180—200 s/ga, yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi (25—26,2% mayiz tushadi).