Kontent qismiga oʻtish

Sugʻorish shoxobchalari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sugʻorish shoxobchalari - sugorish manbalaridan sugʻoriladigan yerlarga suv olib boruvchi doimiy va muvaqqat suv oʻtkazgichlar (kanal, truboprovodlar) tarmogʻi; sugʻorish sistemasitj eng muhim tarkibiy qismi. Sugʻorish shoxobchalari vazifasi, uzunligi va ahamiyatiga qarab magistral kanal, uning tarmoklari (shoxobchalari), taqsimlagich kanal, uchastka kanali, shuningdek, muvaqqat sugʻorish shoxobchasiga boʻlinadi. Sugʻorish manbaidan olingan suvni kanal tarmoklari yoki kanallarga yetkazib beradigan bosh kanal magistral kanal deyiladi. Magistral kanadsan suv oluvchi va ahamiyati (suv sarfi, suv bilan taʼminlaydigan maydoni, uzunligi) boʻyicha bosh kanalning davomi boʻlgan kanal tarmoq kanal deyiladi. Taqsimlagich kanallar xoʻjaliklararo va xoʻjalik Sugʻorish shoxobchalarining kichik kismi boʻlib, suvni bevosita dalalarga beradigan uchastka suv tarkatgichlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda Sugʻorish shoxobchalari ochiqyoki yopiq boʻladi. Sugʻorish shoxobchalarining asosiy qismi ochiq tipda.

Sugʻorish shoxobchalarida suv tuproq oʻzandan oqishi yoki oʻzanga antifiltratsiya qoplamalar (beton, temirbeton, asfaltbeton, plyonka va boshqalar) yotqizilishi mumkin. Temirbeton novli Sugʻorish shoxobchalari keng tarqalgan, bunda novlar tirgaklarga oʻrnatiladi va choklari germik birlashtiriladi. Tuproq oʻzanli kanallarda sizilishga ketgan suv sarfi antifiltratsion qoplamali va truboprovodli kanallarga qaraganda ancha koʻproq boʻladi. Sugʻorma dehqonchilik mintaqalarida suv tanqisligi sharoitida suvning isroflanishiga qarshi kurashish maqsadida yuqori foydali ish koeffitsiyentiga ega boʻlgan Sugʻorish shoxobchalari barpo qilinmoqda.

Masharif Boqiyev.