Kontent qismiga oʻtish

Sujet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sujet (fransuzcha: sujet, kelib chiqishi lotincha: subiectum[1] — predmet, buyum, narsa) — badiiy asar mazmunini tashkil etadigan, bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqlikda kechadigan, qahramonlar oʻrtasidagi aloqalardan tarkib topgan voqealar tizimi. Barcha epik, dramatik va liroepik turdagi badiiy asarlarda sujet mavjud boʻladi. Har bir adabiy turda sujet oʻziga xos harakterga ega. Koʻpgina lirik asarlarda koʻzga yaqqol tashlanib turadigan sujet tizimi yoʻq. Ulardagi his-tuygʻu, oʻy-kechinmalar rivoji qaysidir maʼnoda lirik asar Syujetini tashkil etadi. Ayrim adabiyotshunoslar Syujetlilik umuman lirik turga xos xususiyat emas, deb hisoblaydi. Chunki, lirik asarda voqealar tizimi boʻlmasligi ham mumkin. Ayni choqda, S faqat voqealar tizimidan ham iborat emas.

Badiiy asarda tasvirlangan voqealar tizimining oʻzaro munosabatiga koʻra S asosan xronikal (voqeaband) va konsentrik (voqeaband boʻlmagan) turlarga boʻlinadi. Xronikal sujet da voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik qiladi (mas, D. D. Defont „Robinzon Kruzo“, Servantesning „Don Kixot“, Oybekning „Navoiy“, P. Qodirovning „Yulduzli tunlar“ asarlari). Konsentrik sujetda esa asarda tasvirlangan voqealar orasidagi sabab — natija muhim ahamiyat kasb etadi (mas, Pushkinning „Yevgeniy Onegin“, O. Yoqubovning „Muqaddas“, „Ulugʻbek xazinasi“ asarlari). Ammo badiiy asarlarda yuqoridagi sujetlarning har ikki turi uygʻunligidan tarkib topgan shakli koʻproq uchraydi (mas, Abdulla Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, Choʻlponning „Kecha va kunduz“ asarlari).

Badiiy asar Si tasvirlanayotgan voqelik va asarda ishtirok etadigan qahramonlar masalasiga bevosita bogʻliq. Chunki sujet asosidagi voqelikda qahramonlar harakat qiladi va eng muximi, haqiqiy badiiy asarlarda avvalo qahramonlar oʻz dardidunyosi bilan namoyon boʻladi. F. M. Dostoyevskiyning „Jinoyat va jazo“ romanida Raskolnikov, A. Qahhorning „Sarob“ romanida Saidiy, Togʻay Murodning „Otamdan qolgan dalalar“ romanida Dehqonqul obrazlari atrofida voqealar sanʼatkorona tarzda uyushtirilgan.

Badiiy asar sujeti ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim singari bir qator unsurlardan tarkib topadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning „Mehrobdan chayon“ romanidagi Xudoyorxon bilan Anvarning toʻqnashuv epizodi asarning kulminatsion nuqtasi sanaladi. Soʻngra voqealar yechimi keladi. Badiiy asarda sujet unsurlari baʼzan turlicha hajm va turlicha tartibda kelishi mumkin. Shuningdek, ayrim asarlarda ekspozitsiya yoki yechim singari sujet unsurlari boʻlmasligi ham mumkin. Bu aslo kamchilik emas, aksincha, oʻquvchini badiiy tafakkurga chorlaydi, tasavvurini kengaytiradi. Baʼzi adabiyotshunoslar prolog (muqaddima) va epilog (xotima)larni ham sujet elementi sifatida koʻrsatadilar (A Qodiriy romanlarida bu unsurlar mavjud). Sujet kompozitsiya, konflikt, fabula kabi adabiy tushunchalar bilan ham mustahkam bogʻlangan.

Syujetning elementlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Muqaddima
  • ekspozitsiya
  • harakatning rivojlanishi
  • kulminatsiya
  • tan olish
  • epilog
  1. Этимологический словарь русского языка Макса Фасмера
  • Izzat Sulton, Adabiyot nazariyasi, T., 1979; Quronov D., Adabiyotshunoslikka kirish, Andijon, 2002.