Kontent qismiga oʻtish

Sulaymon A’mash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulaymon A’mash
Tavalludi 680, Kufa
Vafoti 764/765, Kufa
Fuqaroligi Damashq xalifaligi va Abbosiylar
Kasbi olim, muhaddis
Dini Islom

Abu Muhammad Sulaymon ibn Mehron al-Asadiy al-Kohiliy (680 – 764/65) (سليمان بن مهران) “al-A’mash” (الأعمش) nomi bilan ham tanilgan. U tobein avlodining olimi edi. U mashhur muhaddis va qori boʻlgan. Koʻzi yaxshi koʻrmagani uchun odamlar uni “al-A’mash” (xira koʻruvchi) deb atashgan[1][2].

A’mash 680 (hijriy 61) yili Kufada tugʻilgan[2][3]. U Banu Asad qabilasi Kohil urugʻining mavlosi boʻlgan[4]. Otasi Eronning Damavand shahridan Kufaga koʻchib kelgan [1].

A’mash 764 (hijriy 147) yili Kufada vafot etgan, ammo koʻpchilik tarixchilar uni 765 (hijriy 148) yili rabiul-avval oyida vafot etganini aytishadi[5].

Uning mashhur shogirdlari orasida Abu Hanifa, Ibn Muborak, Sufyon Savriy, Sufyon ibn Uyayna va Fuzayl ibn Iyoz nomlari uchraydi[2].

  1. 1,0 1,1 Siyar a`lam al-nubala, Volume 6 — 226-bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 Mufti Shabbir Ahmad Hanafi (2015-yil aprel). „Imam Sulaiman ibn Mihran al-Amash“. Faqeeh (urdu). 4-jild, № 4. Sargodha: Markaz Ahlussunnah wal Jamaah. 38–51-bet. Qaraldi: 8-may 2020-yil. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)
  3. „الإمام الأعمش“ (19-mart 2016-yil).
  4. Ta'rikh Baghdad: The History of Baghdad, Volume 9 — 3-bet. 
  5. „فقہ اسلامی کی تدوین امام ابوحنیفہؒ“.