Sulaymon Yudakov uy-muzeyi
Sulaymon Yudakov uy-muzeyi | |
---|---|
Ochilgan sanasi | 14-dekabr 2008-yil |
Asos soluvchi | Baris Babayev |
Manzili | Oʼzbekiston, Toshkent |
Sulaymon Yudakov uy-muzeyi – sovet bastakori, XX asr ikkinchi yarmidagi oʻzbek musiqasining klassigi Sulaymon Yudakov ijodiga bagʻishlangan muzey[1][2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkentda Oʻzbekiston musiqa sanʼatining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri, XX asr ikkinchi yarmi oʻzbek musiqasi klassikasi Sulaymon Yudakovning uy-muzeyi ochgan. Muzey 2008-yil 14-dekabrda Toshkentda, Oʻzbekiston Bastakorlar uyida ochilgan. U yaratgan asarlar oʻzbek milliy madaniyati xazinasiga kirdi. Bu haqda REGNUM muxbiriga S. Yudakov jamgʻarmasi direktori Baris Babayev maʼlum qilgan. Unga koʻra, Sulaymon Yudakov milliy musiqa sanʼatida romans, fortepiano dueti, kvartet, kantata kabi yangi janrlarning asoschilaridan biridir. U birinchi oʻzbek hajviy operasi „Maysaraning ishi“ va „Nasriddin yoshligi“ komediya-satirik baletini yozgan[3].
Muzey Oʻzbekiston Bastakorlar uyushmasi, Baris Babayev boshchiligida Sulaymon Yudakov jamgʻarmasi va uning doʻstlari tomonidan tashkil etilgan[4].
Uy-muzeyda vaqti-vaqti bilan „Danko“ adabiy-ijodiy birlashmasi yigʻilishlari hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida seminarlar oʻtkazib turiladi. Muzey qoshida „Maysara“ adabiy-musiqiy klubi tashkil etilgan[5].
"Sulaymon Yudakovning asosiy, eng yaxshi asari – „Maysaraning ishi“ birinchi oʻzbek milliy hajviy operasi. U A. Navoiy nomidagi Katta teatr repertuarini qariyb yarim asr davomida bezab turibdi. Hajviy opera Oʻzbekistondan tashqari, dunyoning yana sakkiz davlatida sahnalashtirildi va shundan soʻng Yudakovning „Nasriddin yoshligi“ oʻzbek milliy hajviy baleti, „Mening ona yurtim“, „Mirzachoʻl“, „Alyor“, „Karnaval valsi“ kabi taʼsirli asarlari, Pushkinning „Ne poy krasavitsa pri mne“ soʻzlari asosida yaratilgan romans, „Dugonalar“ qoʻshigʻi va boshqalar yaratildi. Bularning barchasi XX asrning buyuk oʻzbek bastakori uzoq yillar yashab ijod qilgan xonadonda ochilgan muzey koʻrgazmasida oʻz ifodasini topdi.
Sulaymon Yudakov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bastakor Sulaymon Aleksandrovich Yudakov 1916-yil 14-aprel, Qoʻqonda tavallud topgan. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). 1944-yilda Tojikiston SSR madhiyasining kuyini bastalagan. Hozirda Sulaymon Yudakov tomonidan yaratilgan ushbu kuy Tojikistonning zamonaviy madhiyasining asosini tashkil etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В Узбекистане открыли дом-музей классика узбекской музыки Сулеймана Юдакова UM.“. regnum.ru. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ „ЮДАКОВ Соломон Александрович (Сулейман Юдаков) | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ „Всенародно любимый: К 100-летию Соломона (Сулеймана) Александровича Юдакова » Пресс-клуб Согдийской области Республики Таджикистан“. sogdiana.tj. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Сулейман Александрович Юдаков. Узбекский композитор“ (ru). musicseasons (2018-yil 15-aprel). 2021-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ „Осенние встречи в литературно-музыкальном клубе "МАЙСАРА" (Ташкент) | Sozvuchie“. sozvuchie.zviazda.by. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.[sayt ishlamaydi]