Sulaymon ibn Abdulmalik
Qiyofa
Sulaymon ibn Abdulmalik (674—717) — Umaviylar sulolasining yettinchi hukmdori (715—717).
Akasining vafotidan soʻng taxtga oʻtirgan. Unga boʻysunishdan bosh tortgan Qutayba ibn Muslim oʻldirilgan. Andalusiyani fath etgan Muso ibn Nusayr poraxoʻrlikda ayblanib mol-mulklari musodara qilinib, mansabidan olib tashlangan. Oqibatda Yevropaga yurish toʻxtab qolgan. U 2 yil 7 oy hukmronlik qilib vafot etgan.