Kontent qismiga oʻtish

Sulfatlanish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulfatlanish — akkumulyatorlar batareyasi qoʻrgʻoshin plastinalarida yaxlit sulfat massasi hosil boʻlishi. S. salbiy jarayon boʻlib, akkumulyatorni zaryadlash paytida uning toʻliq tiklanishiga xalaqit beradi. S.ga sabab shuki, zaryadlash paytida musbat va manfiy plastinalar (RO2 va R) qisman qoʻrgʻoshin sulfat (PbSO4) ga aylanadi, oqibatda plastinalar faol massasining 50—70 foizini qoʻrgʻoshin sulfat egallab oladi. Akkumulyatorlarni muntazam ravishda zarur kuchlanish (1,8 V) dan past kuchlanishda zaryadlash; elektrolit sathining pastligi va elektrolitning ifloslanishi ham S.ga sabab boʻladi. S.ni bartaraf kilish uchun elektrolitni almashtirib, akkumulyatorni 2—3 marta qayta zaryadlash kerak.