Kontent qismiga oʻtish

Sulfolash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sulfolash — sulfat kislota yoki koʻp miqdorda SO3 saklovchi oleum taʼsirida organik birikmalar molekulasidagi vodorod atomi oʻrniga sulfoguruh (~SO3H) kiritish. Asosan, aromatik birikmalar sulfolanadi.

S. boshqa elektrofil almashinish reaksiyalariga (mas, nitrolash) karamaqarshi oʻlaroq qaytar reaksiyadir. Sulfoguruxning aromatik yadroning qaysi joyiga joylashishi reaksiya sharoitiga bogʻliq. Shuning uchun S.ni amalga oshirishda avval sulfolovchi vosita tanlab olinadi. Yumshoq sharoitda S. uchun sulfat kislota yoki sulfat angidridning turli erituvchilar (xloroform, suyuq oltingugurt (II) oksid)dagi eritmasi ishlatiladi. Sanoatda S. uchun, asosan, sulfat angidridning havo bilan aralashmasi qoʻllanadi.

Alifatik birikmalarga sulfoguruh, odatda, bilvosita usulda, chunonchi: ultrabinafsha nur vositasida uglevodorodlarga sulfit angidrid SO2 va xlor taʼsir ettirib kiritiladi. S. hosilalari kislotalar taʼsiriga chidamsiz. S. va sulfoxlorlash sulfokislotalar, ion almashtiruvchi smolalar va boshqa ishlab chiqarish.da keng qoʻllanadi.