Kontent qismiga oʻtish

Suls

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Suls, xatti suls — xattotlik uslubi; arab yozuvidagi xat uslublari dan biri. Goʻzalligi tufayli "xatlar imomi", deb atalgan. Kufiy xatidan keyin ixtiro qilingan boʻlib, ijodkori Ibn Muqla. Harflarning 4 qismi toʻgʻri, ikki qismi egri chiziqlar dan iborat (nomi ham shundan: S. Soʻzi bir narsaning 1/3 qismi yoki 3-qismi degan maʼnoni bildiradi). S.da "alif", "dol" va "lom" harflari gajakli boʻladi, "dol", "re" va "vov" harflari nafis buralma (shamra) bilan tugaydi; soʻz oxirida "ho" harfi choʻziq yoziladi. S. dastlab rasmiy qujjatlarni yozish, keyinroq Qurʼon koʻchirishda qoʻllangan; kitoblardagi shams naqshi ichidagi yozuv, asar nomlari, Qurʼon va hadislardan keltirilgan ibora va jumlalar S.da bitilgan. Kitoblarda, maxsus mufradot yoki qitalarda ham qoʻllangan. Yoqut Mustaʼsimiy S. yozuvida maxsus ("Yoqut sulsi" yoki "Yoqut taʼriyqi" deb ataluvchi) uslub yaratgan.